Iminov Komiljon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trombotsitlar bilan boyitilgan fibrin membranalari yordamida zigomatik-orbital kompleks jarohatlarini davolash» 14.00.21- Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3457.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaeva Faniya Zartdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zigomatik-orbital kompleks jarohatlarini kompleks davolash samaradorligini trombotsitlar bilan boyitilgan autologik fibrin membranalari yordamida oshirishni takmoillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
introoperativ sharoitda zigomatik-orbital kompleks jarohatlarini davolashda PRF membranasi tayyorlash usulidan foydalanish o‘rtacha 37,4%ga samaradorligi isbotlangan;
operasiyadan keyingi davrda, yonoq-orbital kompleks jarohatlari PRF membranalari bilan davolash, bemorning sub’ektiv klinik belgilarini 52,7%±0,02ga kamaytirishi isbotlangan;
dopler natijalari asosida, PRF membranasi yordamida jarrohlik davolash, operatsiyadan keyingi davrda zigomatik-orbital kompleks to‘qimalarining mikrosirkulyasiyasini erta tiklashga yordam berishi isbotlangan;
zigomatik-orbital kompleksning shikastlanishlarini PRF fibrin membranalari yordamida davolash uchun «Orbital yonoq kompleksi jarohatlarini jarroxlik yo‘li bilan davolash usuli» ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024–yil 15 – iyul`dagi 03/57–son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: fibrin memranalarini tayyorlashni ustuvor masalalariga bag‘ishlangan ya’ni fibrin membranalarini jarrohlik amaliyoti jarayonida bir vaqtning o‘zida bemor qonidan ajratib olishni takomillashtirishga qaratilgan chora- tadbirlarni asoslash va olingan ilmiy natijalar borasida ishlab chiqilgan «PRF membranalarini olish usulini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 107-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 107-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 135-son buyrug‘i yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrdagi 10-23/138-t-son bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ jarrohligi sohasida PRF membranalarini jarrohlik amaliyotlarida foyidalanish uchun yuqori sifatli, hajm sifatidan kattaroq bo‘lgan fibrin membranalarini tayyorlashni imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: PRF membranasi intoroperasion muhitda 10ml shishali vakkuteyner va introdyusserlar ishlatilgan yangi tayyorlash usulidan foydalanish (n=47) bemorda o‘rtacha 37,4%ga samaradorligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Yonoq-orbital kompleksning shikastlanishlarini xirurgik davolashda PRF fibrin membranalarini qo‘llash usuli algoritmi orqali 105,5 million so‘mni iqtisod qilinishi aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini fibrin membranalari bilan yangi jarrohlik amaliyoti usuli chora-tadbirlariga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini PRF membranalari bilan davolashning yangi jihatlari va fibrin membranalarining biokimyoviy ta’sir mexanizmlari» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 107-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 110-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 135-son buyrug‘i bilan yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrdagi 10-23/137-t-son tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zigomatik- orbital kompleksi jarohatlarini rekonstruktiv jarrohlik amaliyotida ilk bora PRF membranalari qo‘llash va shu bilan birgalikda fibrin membranalarini yonoq-orbital sohadagi klinik ta’sirini baholash, yonoq-orbital kompleks jarohatlarini operasiya keyingi regenerasion jihatlari yaxshilangan va bemorlarni hayot sifatini oshirish taktikasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Zigomatik-orbital kompleksning shikastlanishlarini davolashning an’anaviy usuli guruhida (n=49) bemorda operatsiyadan keyingi asoratlarning yuqori darajasi (19,4%) mavjudligini ko‘rsatdi. Zigomatik-orbital kompleksi rekonstruksiya qilishda yangi PRF membranalari bilan (n=47) bemorning operatsiyadan keyingi shikoyatlarini 52,7%±0,02ga kamaytirishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bizning tadqiqotimiz davomida yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini PRF membranalari bilan davolash usuli joriy etishda iqtisodiy samaradorlik prognoziga ko‘ra (n=47) bemorda, 27 mln. so‘m iqtisod qilinishi aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleks jarohatlariga PRF ta’sirining kompyuter 3D modeli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Yonoq-orbital kompleksi jarohatlarida ko‘z kosasining pastki devorini rekonstruksiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 105-T son buyrug‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 135-son buyrug‘i, hamda Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 107-sonli 30.10.2023 yildagi buyrug‘i bilan yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrdagi 10-23/136-t-son bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi: zigomatik-orbital kompleksning shikastlanishlarini davolashda (n=47) bemorda PRF membranasi yordamida jarrohlik davolash usuli ko‘z kosasida vazokonstriksiya darajasi, ekssudativ reaksiya, yonoq-orbital to‘qimalarning shishi va orbital arteriyalarda qon oqimi tezligini opresiyadan keyin 3-kunda erta tiklanishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: yonoq orbital kompleksi tashxislash va davolashda tavsiya etilgan usul har bir bemorni davolash narxini o‘rtacha 4,5mln.so‘mni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini fibrin membranalari bilan yangi jarrohlik amaliyoti usuli chora-tadbirlariga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini PRF membranalari bilan davolashning yangi jihatlari va fibrin membranalarining biokimyoviy ta’sir mexanizmlari» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 107-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 110-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 135-son buyrug‘i bilan yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrdagi 10-23/137-t-son tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zigomatik- orbital kompleksi jarohatlarini rekonstruktiv jarrohlik amaliyotida, №IAP 07179 «Orbital yonoq kompleksi jarohatlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» ixtiro patenti va PRF membranalarini yonoq-orbital sohadagi klinik ta’sirini baholash, yonoq- orbital kompleks jarohatlarini operasiya keyingi regenerasion jihatlari yaxshilangan va bemorlarni hayot sifatini oshirish taktikasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yonoq-orbital kompleksning shikastlanishlarini xirurgik davolashda PRF fibrin membranalarini qo‘llash usuli algoritmi orqali bemorlarning stasionar yotoq kunlarini 1,5 barobarga qisqargan. Iqtisodiy samaradorligi: yonoq orbital kompleksi (n=47) rekonstruksiyasida operatsion sharoitda bemorda PRF membranasidan foydalanish usuli iqtisodiy samarasi 105,5 million so‘mni tashkil qiladi.