Maxsudov Sherzod Solijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatida investisiya jarayonlarini boshqarish », 08.00.13-“Menejment” hamda 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3123.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;   Ibragimov Isroil Usmanovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalarida investision jarayonlarni boshqarishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyani boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ma’lum muddatga moliyaviy, moddiy va aqliy qo‘yilmalarni xavf-xatarga qo‘yib (tavakkal qilib), tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga takror ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida va buning natijasida foyda olish yoki resurslar salohiyatining cheklangan sharoitida kelajakda boshqa foydali samaraga erishish jarayonlarini boshqarish, ya’ni qabul qilingan strategiya asosida investision faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investor (davlat, korxona, xorijiy sarmoyador, fuqaro)larning nazorati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarda investision ustunliklarini hisobga olgan holdagi barqaror rivojlanishiga ta’sirining integral oraliq natijalarini “yuqori” [0,8; 1]; “normal” [0,6; 0,8]; “past” [0,3; 0,6] chegaralariga ko‘ra baholash orqali yuqori boshqaruv natijalarini  ta’minlash taklifi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarda investision faoliyatini boshqaruv samaradorligi darajasini investision faollik hamda jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha (r = 0; 1) oraliq mezonlar asosida baholashning “qoniqarli” (0,577 ≤ r ≤ 0),  “o‘rta” (0 ≤ r ≤ 0,143), “yaxshi” (0,143 ≤ r ≤ 0,991) chegaralarini belgilash orqali investisiya samaradorligining yuqori darajasini ta’minlash asoslangan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “Posco International Textile LLC” MChJ to‘qimachilik korxonasining mahsulot sotishdan sof tushum hajmianing 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda investisiya jarayonlarini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyani boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ma’lum muddatga moliyaviy, moddiy va aqliy qo‘yilmalarni xavf-xatarga qo‘yib (tavakkal qilib), tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga takror ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida va buning natijasida foyda olish yoki resurslar salohiyatining cheklangan sharoitida kelajakda boshqa foydali samaraga erishish jarayonlarini boshqarish, ya’ni qabul qilingan strategiya asosida investision faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investor (davlat, korxona, xorijiy sarmoyador, fuqaro)larning nazorati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ madaniyat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04-martdagi 55-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qabul qilingan strategiya asosida investision faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investorlarning nazorati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “investisiyani boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarda investision ustunliklarini hisobga olgan holdagi barqaror rivojlanishiga ta’sirining integral oraliq natijalarini “yuqori” [0,8; 1]; “normal” [0,6; 0,8]; “past” [0,3; 0,6] chegaralariga ko‘ra baholash orqali yuqori boshqaruv natijalarini  ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 2 avgustdagi №13/08-32-13229-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarida jalb qilinayotgan investisiyalar va ulardan foydalanishning eng maqbul iqtisodiy chegaralari aniqlanib, ularni tanlash va taqsimlash variantlarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari boshqaruv faoliyatiga joriy etish imkoni yaratilgan:
to‘qimachilik korxonalarda investision faoliyatini boshqaruv samaradorligi darajasini investision faollik hamda jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha (r = 0; 1) oraliq mezonlar asosida baholashning “qoniqarli” (0,577 ≤ r ≤ 0),  “o‘rta” (0 ≤ r ≤ 0,143), “yaxshi” (0,143 ≤ r ≤ 0,991) chegaralarini belgilash orqali investisiya samaradorligining yuqori darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 2 avgustdagi №13/08-32-13229-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2 ta to‘qimachilik korxonalarining boshqaruv xarajatlarini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan o‘rtacha 8,4 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “Posco International Textile LLC” MChJ to‘qimachilik korxonasining mahsulot sotishdan sof tushum hajmianing 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 2 avgustdagi №13/08-32-13229-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, kiritilgan investision va innovasion xarajatlar,  asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar, korxonaning ishlab chiqarish quvvati hamda korxona o‘rtacha ish haqi miqdori omillari asosida korxonaning investision rivojlanishining prognoz parametrlari orqali to‘qimachilik sanoati korxonalarida investision faoliyati boshqaruv samaradorligini oshirish darajasini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish