Azimjonova Shaxnoza Dilshodbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyotshunoslikda tarixiy jarayon va ijodkor portreti muammolari (Akademik Naim Karimovning ilmiy-ijodiy merosi asosida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.PhD/Fil4799.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor; Soatova Nodira Isomitdinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Naim Karimov asarlarida adabiy-tarixiy jarayonning yoritilishi, olimning adabiy portretlar yaratishdagi mahorati, ilmiy qarashlari va faoliyati, adabiy merosi hamda ijod laboratoriyasini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
N.Karimov ilmiy merosida adabiy-tarixiy jarayon va ijodkor rortretini yaxlit akslantirganligi, jadid ziyolilar ilmiy biografiyasi, o‘zbek adabiyotida biografik roman atamasining sharhi, ma’rifiy-biografik roman yaratish usullari hamda janrlararo bog‘liqlik va tarixiy shaxslarni tasvirlashdagi adabiy-tanqidiy qarashlari asoslangan;
adabiy-tarixiy jarayonni anglashda ijtimoiy-madaniy sharoitlar, davrning o‘ziga xos mafkuraviy va estetik talablari mavjudligiga ko‘ra ijodkor rortretini yaratish muhim omil ekanligi Naim Karimovning ilmiy-ijodiy merosi asosida dalillangan;
o‘zbek adabiyotiga ma’rifiy-biografik roman janrining kirib kelishi va N.Karimov ilmiy laboratoriyasiga xos janrning shakllanishi, biografik faktlarning badiiy tasviri, tarixiy shaxslarning obrazlarini yaratishdagi xususiyatlar, olimning adabiy-estetik qarashlari aniqlangan;
N.Karimov o‘zi o‘rgangan har bir ijodkorning adabiy rortretini yaratishda xolislik, tarixiy voqelikni yoritishda hujjatlilikka tayanganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyotshunoslikda adabiy-tarixiy jarayon va ijodkor portreti masalalarini Naim Karimovning keng qamrovli ilmiy merosi asosida tahlil qilishga qaratilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
N.Karimov ilmiy merosida adabiy-tarixiy jarayon va ijodkor rortretini yaxlit akslantirganligi, jadid ziyolilar ilmiy biografiyasi, o‘zbek adabiyotida biografik roman atamasining sharhi, ma’rifiy-biografik roman yaratish usullari hamda janrlararo bog‘liqlik va tarixiy shaxslarni tasvirlashdagi adabiy-tanqidiy qarashlariga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016-y.y.) fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-iyun 236/1-son ma’lumotnomasi). Natijada N.Karimovning adabiy-tarixiy jarayon va ijodkor portretini yaratishga doir tadqiqotlarida til va adabiyot taraqqiyotiga oid ilgari surilgan fikr va mulohazalardan foydalanish loyihaning ilmiyligi va mukammalligini ta’minlagan;
adabiy-tarixiy jarayonni anglashda ijtimoiy-madaniy sharoitlar, davrning o‘ziga xos mafkuraviy va estetik talablari sababli ijodkor rortretini yaratish muhim omil ekanligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish”(2017-2020-y.y.) fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-iyun 236/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Naim Karimov ilmiy-nazariy qarashlarining manbalari, tadriji va yetakchi tamoyillari, o‘zbek adabiyotshunosligi va ma’rifiy romanchilik taraqqiyotiga qo‘shgan munosib ulushi, ijodkor adabiy portretini yaratishdagi mahorati tadqiqotlarning umumestetik talablariga javob berishi nazariy jihatdan asoslangan fikrlar uyushma a’zolarining ilmiy-badiiy tafakkurining oshishiga hissa qo‘shgan;
o‘zbek adabiyotiga ma’rifiy-biografik roman janrining kirib kelishi va N.Karimov ilmiy laboratoriyasiga xos janrning shakllanishi, biografik faktlarning badiiy tasviri, tarixiy shaxslarning obrazlarini yaratishdagi xususiyatlar, olimning adabiy-estetik qarashlariga oid tahlillardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Najot bilimda”, “Xazinamsan kitob” ko‘rsatuvlari hamda “Xayrli oqshom”, “Andijon yoshlari”, “Kun mavzusi” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-noyabr 01–24/216-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.