Qobilova Nargiza Eshimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy matnda abzatsning o‘rni”, 10.00.01. – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2388.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.202 l.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnning shakllanishi va idrok etilishi (persepsiyasi)da abzatsning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abzatsning boshqa birliklardan birgina so‘zni, bir necha supersintaktik butunlikni, butun matnni mujassamlashtira olishi kabi farqli va matnda joy qoldirish orqali chegarasining belgilanishi, shuningdek, matn tarkibida boshqa birliklar bilan shaklan bir xilligi kabi umumiy jihatlari mavjudligi dalillangan;
abzatsning o‘z struktur qolipi mavjudligi, shuningdek, matnda mazmuniy blok sifatida voqelanishi sababli badiiy matn persepsiyasida “yaxshi” GEShtalt hosil qilishi psixolingvistik aspektda ochib berilgan;
abzats yozuvchining pragmatik maqsadini ifodalashiga ko‘ra diskurs bilan yondosh hodisa ekanligi va birgalikda bitta epizodni shakllantirishi (abzats+diskurs=epizod) badiiy matn misolida isbotlangan;
abzatsning nasriy matnlarda satr boshidan joy qoldirish orqali belgilanishi, she’riy matnlarda esa abzatsning chegarasi bir qator tashlab yozish orqali belgilanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matnning asosiy birligi bo‘lmish abzatsning badiiy matndagi maqomi, o‘rni, vazifasi va ahamiyati yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
abzats yozuvchining pragmatik maqsadini ifodalashiga ko‘ra diskurs bilan yondosh hodisa ekanligi va birgalikda bitta epizodni shakllantirishi (abzats+diskurs=epizod), o‘zbek tili matnlarini, jumladan, xalq og‘zaki ijodiga oid matnlarni turli aspektda tahlil qilishda abzatsning alohida ahamiyatga egaligi kabi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 27-dekabrdagi 523/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan dalillar, tahlil natijalari badiiy matnning xususiyatlarini ochib berishda ijobiy samara bergan;
abzatsning boshqa birliklardan birgina so‘zni, bir necha supersintaktik butunlikni, butun matnni mujassamlashtira olishi kabi farqli va matnda joy qoldirish orqali chegarasining belgilanishi, shuningdek, matn tarkibida boshqa birliklar bilan shaklan bir xilligi, abzatsning o‘z struktur qolipi mavjudligi, shuningdek, matnda mazmuniy blok sifatida voqelanishi sababli badiiy matn persepsiyasida “yaxshi” GEShtalt hosil qilishi kabi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 27-dekabrdagi 524/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ilmiy matnning xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan.
abzatsning nasriy matnlarda satr boshidan joy qoldirish orqali belgilanishi, she’riy matnlarda esa abzatsning chegarasi bir qator tashlab yozish orqali belgilanishi kabi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-martdagi 02-31-400-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.