Boltaev Nodirjon Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shma jarohatlarda bosh miya strukturasidagi o‘zgarishlarining tanatogenetik ahamiyati», 14.00.24 - Sud tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1742.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit Indiaminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Erkin Xudoyberganovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya tuzilmalari zararlanishisiz kechgan qo‘shma politravmalarda jarohatlar etkazilish muddatini aniqlash va travmatik kasallik tanatogenezini asoslashga doir sud-tibbiy ekspertizani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya tuzilmalari jarohatisiz kechgan qo‘shma jarohatlardan vafot etgan shaxslarning bosh miya strukturasidagi o‘zgarishlarning morfologik va morfometrik tavsifi asosida shikastdan so‘nggi 8 kungacha bo‘lgan davrda qo‘shma jarohatlarning etkazilish muddatini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
qo‘shma jarohatlar bilan bog‘liq travmatik kasallikning turli muddatlarida o‘limning bevosita sabablarini aniqlashga doir bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning morfologik va morfometrik jihatlari aniqlangan;
qo‘shma jarohatlarning turlari va asoratlari hamda etkazilish muddatlaridan kelib chiqqan holda, travmatik kasallikning tanatogenezi kechuv davrlariga muvofiq asoslangan;
bosh miya tuzilmalari zararlanishisiz kechgan qo‘shma jarohatlar bilan bog‘liq travmatik kasallikning tanatogenezini asoslash va jarohat etkazilish muddatini aniqlashga doir sud tibbiy ekspertizasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘shma jarohatlarda bosh miya strukturasidagi o‘zgarishlarining tanatogenetik axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya tuzilmalari jarohatisiz kechgan qo‘shma jarohatlardan vafot etgan shaxslarning bosh miya strukturasidagi o‘zgarishlarning morfologik va morfometrik tavsifi asosida shikastdan so‘nggi 8 kungacha bo‘lgan davrda qo‘shma jarohatlarning etkazilish muddatini aniqlash mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ilmiy kengash tomonidan 2024 yil 24 aprelda 83-son bilan tasdiqlangan «Shikastlanishning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya qon-tomir to‘qimalarining o‘zgarishlarini sud-gistologik o‘rganish algoritmi» va 2024 yil 24 aprelda 82-son bilan tasdiqlangan «Ekstrotserebral qo‘shma shikastlanishlarning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlar dinamikasini morfometrik baxolash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 9-I-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 105-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida ularning ishonchliligi, o‘lim sabablarini va qo‘shma jarohat tanatogenezni asoslash bo‘yicha ekspert xulosalarining asosliligi va xolisligi ta’minlash imkonini baradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 275000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullar va harakat algoritmini qo‘llash orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qo‘shma jarohatlar bilan bog‘liq travmatik kasallikning turli muddatlarida o‘limning bevosita sabablarini aniqlashga doir bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning morfologik va morfometrik jihatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ilmiy kengash tomonidan 2024 yil 24 aprelda 83-son bilan tasdiqlangan «Shikastlanishning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya qon-tomir to‘qimalarining o‘zgarishlarini sud-gistologik o‘rganish algoritmi» va 2024 yil 24 aprelda 82-son bilan tasdiqlangan «Ekstrotserebral qo‘shma shikastlanishlarning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlar dinamikasini morfometrik baxolash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 9-I-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 105-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida ularning ishonchliligi, o‘lim sabablarini va qo‘shma jarohat tanatogenezni asoslash bo‘yicha ekspert xulosalarining asosliligi va xolisligi ta’minlash imkonini baradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 275000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullar va harakat algoritmini qo‘llash orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘shma jarohatlarning turlari va asoratlari hamda etkazilish muddatlaridan kelib chiqqan holda, travmatik kasallikning tanatogenezi kechuv davrlariga muvofiq asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ilmiy kengash tomonidan 2024 yil 24 aprelda 83-son bilan tasdiqlangan «Shikastlanishning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya qon-tomir to‘qimalarining o‘zgarishlarini sud-gistologik o‘rganish algoritmi» va 2024 yil 24 aprelda 82-son bilan tasdiqlangan «Ekstrotserebral qo‘shma shikastlanishlarning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlar dinamikasini morfometrik baxolash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 9-I-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 105-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida ularning ishonchliligi, o‘lim sabablarini va qo‘shma jarohat tanatogenezni asoslash bo‘yicha ekspert xulosalarining asosliligi va xolisligi ta’minlash imkonini baradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 275000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullar va harakat algoritmini qo‘llash orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya tuzilmalari zararlanishisiz kechgan qo‘shma jarohatlar bilan bog‘liq travmatik kasallikning tanatogenezini asoslash va jarohat etkazilish muddatini aniqlashga doir sud tibbiy ekspertizasi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ilmiy kengash tomonidan 2024 yil 24 aprelda 83-son bilan tasdiqlangan «Shikastlanishning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya qon-tomir to‘qimalarining o‘zgarishlarini sud-gistologik o‘rganish algoritmi» va 2024 yil 24 aprelda 82-son bilan tasdiqlangan «Ekstrotserebral qo‘shma shikastlanishlarning turli muddatlarida vafot etgan odamlarning miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlar dinamikasini morfometrik baxolash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 9-I-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 30.04.2024 yildagi 105-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida ularning ishonchliligi, o‘lim sabablarini va qo‘shma jarohat tanatogenezni asoslash bo‘yicha ekspert xulosalarining asosliligi va xolisligi ta’minlash imkonini baradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 275000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullar va harakat algoritmini qo‘llash orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqarish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish