Xabibullaev Sanjarbek Murodilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinga rezistentlikning yuzaga kelishidagi ehtimoliy ahamiyati», 03.00.01 – Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2603.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llanilayotgan shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalarining uglevod almashinuviga tasirini, hamda ularning insulinrezistentlik rivojlanishidagi ehtimoliy rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shakar o‘rnini bosuvchi (fruktoza va stevia) va shirin ta’m beruvchi (saxarin va natriy siklamat) moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda qonda glyukoza, glikirlangan gemoglobin miqdorlarini progressiv ortib borishi isbotlangan;
fruktoza va natriy siklamat organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda jigarda glikogen va glyukoza miqdorlarini keskin kamayishi, stevia va saxarin ta’sirida esa glikogen va glyukoza miqdorlaridagi o‘zgarishlar uncha ahamiyatli emasligi aniqlangan;
shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda oqsil almashinuvi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar – umumiy oqsil va albumin miqdorlarini pasayishi, mochevina va kreatinin miqdorlarini ortishi, yog‘ almashinuvida o‘zgarishlar – xolesterin va trigliseridlarni ortishi, turli zichlikdagi lipoproteidlar miqdorida ham o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlangan;
shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda IR indeksini 2-3 martagacha ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinga rezistentlikning yuzaga kelishidagi ehtimoliy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor shakar o‘rnini bosuvchi (fruktoza va stevia) va shirin ta’m beruvchi (saxarin va natriy siklamati) moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda qonda glyukoza, glikirlangan gemoglobin miqdorlarini progressiv ortib borishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda 03/13-son bilan tasdiqlangan «Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinrezistentlik paydo bo‘lishidagi rolini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Eksperimental laboratoriya va vivariy bo‘limi bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 296I-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 42-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi mahsulotlarning ruxsat etilgan dozalarining iste’moli ham giperglikemiya va glikirlangan gemoglobin miqdorlari ortishiga sabab bo‘lishini hisobga olgan holda ular iste’molini nazorat qilish, cheklash, boshqa havfsiz turlariga almashtirish yoki xavfsiz dozalarini ishlab chiqish ularning organizmga zararli ta’sirini kamaytiradi va giperglikemiya rivojlanishini oldini olish yo‘llarini yaratishga nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi mahsulotlarlarning havfsiz dozalari yaratish orqali gipergilikemiya holatini tashxislash uchun bir nafar iste’molchi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 159200 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: fruktoza va natriy siklamati organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda jigarda glikogen va glyukoza miqdorlarini keskin kamayishi, stevia va saxarin ta’sirida esa glikogen va glyukoza miqdorlaridagi o‘zgarishlar uncha ahamiyatli emasligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda 03/13-son bilan tasdiqlangan «Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinrezistentlik paydo bo‘lishidagi rolini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Eksperimental laboratoriya va vivariy bo‘limi bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 296I-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 42-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fruktoza va va natriy siklamati organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda jigarda glikogen va glyukoza miqdorlarini keskin kamaygandigi sababli ular uchun boshqa xavfsiz dozalar ishlab chiqish yoki boshqa zararsiz mahsulotlar bilan almashtirish organizmda aglikogenez kasalliklarini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalarning organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarini qayta ko‘rib chiqish, ular miqdorini kamaytirish va realizatsiyasini nazoratini kuchaytirish ularning jigarda uglevod almashinuvi buzilishini baholash uchun bir nafar iste’molchi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 305500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda oqsil almashinuvi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar - umumiy oqsil va al`bumin miqdorlarini pasayishi, mochevina va kreatinin miqdorlarini ortishi, yog‘ almashinuvida o‘zgarishlar - xolesterin va trigliseridlarni ortishi, turli zichlikdagi lipoproteidlar miqdorida ham o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda 03/13-son bilan tasdiqlangan «Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinrezistentlik paydo bo‘lishidagi rolini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Eksperimental laboratoriya va vivariy bo‘limi bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 296I-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 42-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalarning organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarini qayta ko‘rib chiqish, ular miqdorini kamaytirish va realizatsiyasi nazoratini kuchaytirish ularning yog‘ almashinuvi buzilishiga, ateroskleroz va dislipidemiyalar rivojlanishga ta’sirini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalarning organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarini qayta ko‘rib chiqish, ular miqdorini kamaytirish va realizatsiyasi nazoratini kuchaytirish ularning yog‘ almashinuviga salbiy ta’sirini, ateroskleroz va dislipidemiyalar rivojlanishshdagi ehtimoliy ahamiyatini baholash uchun bir nafar iste’molchi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 108900 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalar organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalarda surunkali kiritilganda IR indeksini 2-3 martagacha ortishi aniqlanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda 03/13-son bilan tasdiqlangan «Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning insulinrezistentlik paydo bo‘lishidagi rolini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Eksperimental laboratoriya va vivariy bo‘limi bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 296I-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 42-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalarning organizmga ruxsat etilgan sutkalik dozalari va realizatsiyasi nazoratini kuchaytirish, dozalar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, ular miqdorini kamaytirish yoki zazarsiz turlariga almashtirish insulinrezistentlik va 2-tip qandli diabet rivojlanish havfini 2-3 marta kamaytiradi va insulinrezistentlik rivojlanishini oldini olish yo‘llarini yaratishga nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: shakar o‘rnini bosuvchi va shirin ta’m beruvchi moddalar iste’molini nazorat qilish natijasida insulin rezistentlikni tashhislash sarf harajatlarini har bir iste’molchi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 1456000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish