Abdazimov Javlon Murod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy Xalq Respublikasi davlat mafkurasining shakllanishi va transformatsiyasi”, 23.00.02 - “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ss476.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Karimova Nataliya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xitoyda asrlar davomida shakllangan mafkuralarning siyosiy va falsafiy tahlilini amaliy siyosatshunoslik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xitoy Kommunistik partiyasining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ijtimoiy qurilish va ekosivilizatsiya taraqqiyoti tamoyilidan kelib chiqib, ko‘p millatli Xitoy xalqini jipslashtiruvchi, boyish darajasi o‘rtacha bo‘lgan farovon jamiyatni barpo etish va xitoy millatining buyuk maqomini tiklash dasturi sotsialistik modernizasiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan “O‘rta davlat” mafkuraviy modeliga ko‘ra asoslab berilgan;
Xitoy Xalq Respublikasi davlat mafkurasining rivojlanishidagi transformasiya xalqaro munosabatlar tartibotida yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, shunga ko‘ra an’anaviy davlat boshqaruviga egalik qilish, ochiq islohotlar siyosatini amalga oshirish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va tashqi xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashishni ifoda etuvchi “Syaopinizm” ta’limoti asosida dalillangan;
Xitoyni zamonaviy sotsialistik buyuk davlatga aylantirish, “yagona Xitoy” tamoyilini mustahkamlash, jahonda “iqtisodiy yumshoq kuch” siyosatini keng qo‘llagan holda Xitoy sivilizatsiyasiga asoslangan xalqaro mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish va taraqqiyotning Xitoy modelini eksport qilishga yo‘naltirilgan maqsad va vazifalar “Barqaror rivojlanish rejasi”ga ko‘ra isbotlangan.
Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi transport-tranzit bog‘liqligini mustahkamlashda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq “ShHTning Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun maxsus dasturi”ni (SPDCA) tashkil etish taklifi O‘zbekistonning ko‘p tomonlama iqtisodiy diplomatiya manfaatlariga to‘liq mos kelishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy Xalq Respublikasi davlat mafkurasining shakllanishi va transfomatsiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
Xitoyni zamonaviy sosialistik buyuk davlatga aylantirish, “yagona Xitoy” tamoyilini mustahkamlash, jahonda “iqtisodiy yumshoq kuch” siyosatini keng qo‘llagan holda Xitoy sivilizasiyasiga asoslangan xalqaro mafkuraviy ta'sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish va taraqqiyotning Xitoy modelini eksport qilishga qaratilgan maqsad va vazifalar “Barqaror rivojlanish rejasi” ga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining sohaga oid ahborot-tahliliy xujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi 15/4339-son ma'lumotnomasi). Natijada, XXRda davlat mafkurasining shakllanishi bilan bog‘liq ilmiy-tahliliy materiallar salmog‘i ortishiga, o‘zaro manfaatli munosabatlarda tizimli hulosalar chiqarishga, shuningdek, amaliy takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.
Mafkuraviy jarayonlarning shakllanishi va transformasiyasidagi Xitoy xalqini jipslashtiruvchi, boyish darajasi o‘rtacha bo‘lgan farovon jamiyatni barpo etish va xitoy millatining buyuk maqomini tiklash dasturi sosialistik modernizasiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan xulosalardan siyosiy mafkuraviy jarayonlarga oid axborot-tahliliy xujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2024-yil 6-fevraldagi 51/24-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markaz tomonidan, ishtirokchi davlatlar va xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Dissertasiyaning ilmiy asoslangan natijalari, xususan, Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi transport-tranzit bog‘liqligini mustahkamlashda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq “ShHTning Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun maxsus dasturi”ni (SPDCA) tashkil etish taklifi O‘zbekistonning ko‘p tomonlama iqtisodiy diplomatiya manfaatlariga to‘liq mos kelishi bo‘yicha xulosalaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “IL-5221091507-Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbusi asosida)” nomli davlat grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorinning 2024-yil 13-iyundagi 01-04-01/1349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo transport tizimini “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqadagi takliflarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.