Karimjonov Jasurbek Muxtorjonovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida faleristika sohasining shakllanishi va rivojlanishi tarixi (1991–2021 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar856
Ilmiy rahbar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Halimovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1991–2021-yillarda O‘zbekistonda faleristika sohasining shakllanish va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida davlat mukofotlari tizimi to‘liq shakllanmaganligi sababli mukofotlashda asosan O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i hamda faxriy unvonlaridan keng foydalanilgani, keyinshalik O‘zbekiston Qahramoni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlash jarayoni yo‘lga qo‘yilganligi isbotlangan;
2017-yilga qadar respublika miqyosida ma’lum bir sohada yuqori natija ko‘rsatib, uning rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun oliy unvon bilan asosan xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish bilan bog‘liq soha vakillari taqdirlanganligi, keyingi yillarda esa ilm-fan va madaniyat xodimlari ko‘proq taqdirlanayotganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda yoshlarning intelektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini  doimiy ravishda rag‘batlantirib borish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi natijasida, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishda yoshlar ushun “O‘zbekiston belgisi”, “Zulfiya”, “Nihol”, “Ilhom”, “Mard o‘g‘lon”, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilgani, teatr va san’at, o‘zbek tili va adabiyoti, sport yo‘nalishlaridagi muvafaqqiyatlari ko‘payib, taqdirlanganlarning ulushi o‘sganligi isbotlangan;
mamlakat daxlsizligi va jamiyat xavfsizligini, iqtisodiy taraqqiyoti, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan davlat mukofotlari shuningdek, esdalik hamda ko‘krak nishonlar yosh avlod qalbiga vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalarini singdirishda muhim omil bo‘lgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida faleristika sohasining shakllanishi va rivojlanishi tarixini tadqiq etishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, natija va takliflar asosida:
mustaqillikning dastlabki yillarida davlat mukofotlari tizimi to‘liq shakllanmaganligi sababli mukofotlashda asosan O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i hamda faxriy unvonlaridan keng foydalanilgani, keyinshalik O‘zbekiston Qahramoni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlash jarayoni yo‘lga qo‘yilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Mavzu” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 25-yanvardagi 06-31-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar keng jamoatchilikni mavzu doirasidagi bilimlarining oshishiga hamda teletomoshabinlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda faleristika sohasining rivojlanishi, mustaqillik yillarida mukofotlash tizimining shakllanishi va nazariy- huquqiy asoslari, davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar statistikasi, yangi davlat mukofotlari joriy etilishi, 2017-yilga qadar respublika miqyosida ma’lum bir sohada yuqori natija ko‘rsatib, uning rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun oliy unvon bilan asosan xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish bilan bog‘liq soha vakillari taqdirlanganligi, keyingi yillarda esa ilm-fan va madaniyat xodimlari ko‘proq taqdirlanayotganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Mavzu” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 25-yanvardagi 06-31-123-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuv mazmunini to‘ldirish hamda mavzuga tegishli maʼlumotlarni ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillari O‘zbekistonda vujudga kelgan davlat mukofotlari, ularning aholi ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni, davlat mukofotlari ko‘krak nishonlarining tavsiflari, mukofotlash tizimidagi o‘zgarishlarning dinamikasi, yoshlar uchun “O‘zbekiston belgisi”, “Zulfiya”, “Nihol”, “Ilhom”, “Mard o‘g‘lon”, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotlarning ta’sis etilishi teatr va san’at, madaniyat va fan sohalarini rivojlanishida hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 4-13-21-3765-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
mamlakat daxlsizligi va jamiyat xavfsizligini, iqtisodiy taraqqiyoti, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan davlat mukofotlari shuningdek, esdalik hamda ko‘krak nishonlar yosh avlod qalbiga vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalarini singdirishda muhim omil bo‘lganiga oid xulosalardan Yoshlar ishlari agentligi doirasida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 4-13-21-3765-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar agentlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish