Maxmudov Anvar Abdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (universitetlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3582.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Tursunmetov Kamiljan Axmetovich.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar: Dauletmuratov Boribay Ko‘ptileuovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi universitetlarda atom fizikasi mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning metodik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning umumiy, ya’ni nazariy, amaliy, loyihalashtirish va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkily-pedagogik aspektlari umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limini o‘qitish mexanizmlariga hamda individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlanishiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning kreativ fikrlash layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelning tashkiliy-uslubiy jihatlari, reproduktiv va kreativ darajalarini baholashning ijodiy fikrlash, tasavvur, mahorat, kreativlik va ijodiy yondashish kabi kriteriyalarining mantiqiy bog‘liqligini vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning umumiy, ya’ni nazariy, amaliy, loyihalashtirish va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari reproduktiv, produktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy darajalarining mantiqiy fikrlash bosqichlarida algoritmik ketma-ketlikni samarali amalga oshirish orqali uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limiga oid mavzularni o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan modelning tashkiliy-uslubiy jihatlari, reproduktiv, produktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy kabi baholash darajalari intergratsiyalashuviga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Universitetlarda umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limini o‘qitish mexanizmlari asosida shu bo‘limni o‘qitishda va talabalarning umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishda olingan ilmiy tadqiqot natijalaridan o‘quv vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosan:
talabalarning umumiy, ya’ni nazariy, amaliy, loyihalashtirish va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkily-pedagogik aspektlarini umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limini o‘qitish mexanizmlariga hamda individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlanishiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiya va takliflardan, “AM-PZ-2019062031 “Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyasi”, ”Radiatsion medisina va texnologiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediyali mashg‘ulotliklarni yaratish” nomli innovatsion loyiha (2020-22 yy) vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 6 apreldagi 11-05-1595/04–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan modelning tashkiliy-uslubiy jihatlari, reproduktiv, produktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy kabi baholash darajalari intergratsiyalashuviga ustuvorlik berish hamda talabalarning umumiy, ya’ni nazariy, amaliy, loyihalashtirish va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari reproduktiv, produktiv, produktiv-ijodiy va ijodiy darajalarining mantiqiy fikrlash bosqichlarida algoritmik ketma-ketlikni samarali amalga oshirish orqali uyg‘unlashtirish asosida atom fizikasi mavzularining o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Atom fizikasi, asosiy tushuncha, qonun, tajriba va formulalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018–yil 28–iyundagi 434–son buyrug‘iga asosan 434–066–son nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning atom fizikasi mavzulariga oid umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
umumiy fizikaning “Atom fizikasi” bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning kreativ fikrlash layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelning tashkiliy-uslubiy jihatlari, reproduktiv va kreativ darajalarini baholashning ijodiy fikrlash, tasavvur, mahorat, kreativlik va ijodiy yondashish kabi kriteriyalarining mantiqiy bog‘liqligini vizuallashtirish asosida takomillashtishga oid tavsiya va takliflaridan OT-F2-75-raqamli “Deformatsiyalangan o‘ta og‘ir, transuran va noyob Er elementlari yadrolari rotatsion holatlarining xususiyatlarini tadqiqoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha (2018-2021 yy.) vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 6 apreldagi 11-05-1595/04–son ma’lumotnomasi). Natijada, atom va yadro fizikasi bilan shug‘llanuvchi va bu bo‘limlarga qiziquvchi talabalar guruhining atom fizikasiga doir kreativ fikrlash layoqatlarini rivojlantirishga erishilgan.