Ilxom Isakovich Abduraxmanovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida yaylovlar degradatsiyasi monitoringini yuritish texnologiyasini takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)”, 11.00.07 – “Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.PhD/T.2742
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Allabergan Ro‘zimovich Babajanov, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Markus Dezso Bela, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Sa’dulla Avezbaev – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Er resurslarini boshqarish” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, 11.00.07.
Bobomurod Yuldoshovich Maxsudov – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrokosmik texnologiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), 11.00.07.
Yetakchi tashkilot - Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofadan zondlashning turli vegetatsiya indeksi ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasini o‘rganish va monitoring qilish uslubini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dala geobotanik tadqiqotlari natijalari bilan eng yaxshi korrelyasiyalangan NDVImean vegetatsiya indeksi hamda uning degradatsiya darajalari (juda kuchli, kuchli, o‘rta, kuchsiz va degradatsiya yo‘q) uchun qiymatlar diapazoni aniqlangan;
Landsat kosmik suratining NDVImean tahlili asosida hududdagi yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasini monitoring qilish uslubi takomillashtirilgan;
ko‘p yillik Landsat kosmik suratlaridan foydalanib, ERDAS Imagine dasturiy ta’minotining algoritm qoidalari asosida hududdagi yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasi darajalarini ko‘rsatuvchi xaritalar yaratilgan;
masofadan zondlashning NDVImean usuli asosida olingan natijalar bo‘yicha yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasi jarayonining yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati Forish tumani yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasini monitoring qilish uslubini masofadan zondlash ma’lumotlari va usullari yordamida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaylovlar o‘simlik qoplami degrdatsiyasini monitoring qilish uchun dala geobotanik tadqiqot natijalari bilan eng yaxshi korrelyasiyalangan vegetatsiya indeksini aniqlash orqali degradatsiya darajalari diapazonlarini aniqlash bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining “Jizvilerloyiha” Jizzax viloyati bo‘linmasi amaliyotida foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 may 05/04-04-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati hududidagi yaylovlar o‘simlik qoplamining degradatsiyaga uchraganlik darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
Landsat kosmik suratining NDVImean tahlili asosida hududdagi yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasini monitoring qilish uslubini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va Forish tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi amaliyotida foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 may 05/04-04-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarning o‘simlik qoplami degradatsiyasi to‘g‘risida tezkor va aniq ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilib, vaqt, inson resurslari va transport bilan bog‘liq harajatlarni tejashga erishilgan;
ko‘p yillik Landsat kosmik suratlaridan foydalanib, ERDAS Imagine dasturiy ta’minotining algoritm qoidalari asosida 2010-2023 yillarda hududdagi yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasi darajalarini ko‘rsatuvchi yaratilgan xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining “Jizvilerloyiha” Jizzax viloyati bo‘linmasi amaliyotida foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 may 05/04-04-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli yillar kesimida Forish tumanidagi “Bog‘don”, “Orolov”, “Mustaqillik”, “Narvon” MFYlari va o‘rmon xo‘jaligi hududi yaylovlar o‘simlik qoplamining degradatsiyaga uchraganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, degradatsiyaga uchraganlik darajasi o‘zgarishini kuzatish imkoni yaratilgan bo‘lib, hududda yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda tezkor qaror qabul qilishda asos vazifasini bajargan;
masofadan zondlashning NDVImean usuli asosida olingan natijalar bo‘yicha yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasi jarayonining yog‘ingarchilik miqdoriga kuchli bog‘liqligining ilmiy asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va Forish tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi amaliyotida foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 29 may 05/04-04-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi yaylovlar o‘simlik qoplami degradatsiyasiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillardan birini aniqlab, bu bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga yordam bergan.