Valiev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ko‘chmas mulk bozorini boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Iqt3328.
Ilmiy rahbari: Sharipov Kongratboy Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Berdieva Dilfuza Axmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot  universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chmas mulk bozorini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish hamda milliy iqtisodiyotda ko‘chmas mulk bozorini boshqarish texnologiyalarini optimallashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmas mulk ob'ektining samarali boshqaruviga erishish hamda monitoringini olib borish maqsadida sifat omillarini inobatga olib kompleks avtomatlashtirilgan kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integrasion geoaxborot dasturiga tizimli nazorat va boshqaruv biznes jarayonlari injiniringi joriy qilindi;
raqamli tranformasiya va innovasion iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida ko‘chmas mulk bozorini zamonaviy va innovasion usullar asosida baholash standartlarini differensial koeffisientlar va mezonlar orqali amalga oshirish algoritmi ishlab chiqildi;
O‘zbekistonda devolopment qurilish loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy risklarni qabul qilish va kompleks boshqaruv jarayonlari xarajatlarini kamaytirish orqali developerlik faoliyatining samaradorligi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish konsepsiyasiga asoslangan ko‘chmas mulkni boshqarishda xizmat ko‘rsatish yondashuvi boshqaruv samaradorligini oshirish va daromadlarni oshirishga qaratilgan innovasion usuldir. Ushbu yondashuv nafaqat mulk egalarining manfaatlarini qondirishga, balki foydalanuvchilar va umuman jamiyat ehtiyojlarini hisobga olishga imkon beradi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida ko‘chmas mulk bozorini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulk ob'ektining samarali boshqaruviga erishish hamda monitoringini olib borish maqsadida sifat omillarini inobatga olib kompleks avtomatlashtirilgan kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integrasion geoaxborot dasturiga tizimli nazorat va boshqaruv biznes jarayonlari injiniringi joriy qilinish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agenligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agenligining 2023 yil 11 yanvardagi 01-08-1984 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 28 dekabrdagi 02/11-17/971 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llanish natijasida ko‘chmas mulk samarali boshqarish va monitoringini olib borish biznes jarayonlari samaradorligi oshib, ish yuritish xarajatlari 11% kamaygan;
raqamli tranformasiya va innovasion iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida ko‘chmas mulk bozorini zamonaviy va innovasion usullar asosida baholash standartlarini differensial koeffisientlar va mezonlar orqali amalga oshirishni ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agenligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agenligining 2023 yil 11 yanvardagi 01-08-1984 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 28 dekabrdagi 02/11-17/971 son ma’lumotnomasi). Ko‘chmas mulkni baholashda zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalarning joriy etilishi ularning qiymatini 10,5 foizga kamaytirdi. Ushbu pasayish potensial talab, foydalanuvchi ehtiyojlari va ob'ektning foydaliligi kabi omillarni hisobga olgan holda amalga oshirildi.
O‘zbekistonda devolopment qurilish loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy risklarni qabul qilish va kompleks boshqaruv jarayonlari xarajatlarini kamaytirish orqali developerlik faoliyatining samaradorligi asoslash taklifi “Trest 12» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 iyun 15-06/6296-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llanish natijasida ko‘chmas mulk bozori developmenti miqdoriy parametrlardan sifat o‘zgarishiga olib kelindi, natijada 2023 yilda o‘tgan yilga nisbatan ko‘chmas mulk ob'ektlariga bo‘lgan investisiyalar hajmi 0,8 foizga, ko‘chmas mulk ob'ektlarining soni 1,7 %  oshdi;  
mulkdorlar manfaatlarini yaxshilash, boshqaruv samaradorligini oshirish, foydalanuvchilar va jamiyat ehtiyojlarini qondirish, shuningdek daromadlarni ko‘paytirish maqsadida ko‘chmas mulkni boshqarishda innovasion yondashuv sifatida xizmat ko‘rsatish konsepsiyasini qo‘llash taklifi amalda muvaffaqiyatli amalga oshirildi va “Trest 12» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 iyun 15-06/6296 son ma’lumotnomasi). Ko‘chmas mulk konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichi tugagandan so‘ng, ularning xavfsizligini ta’minlash, har tomonlama tekshirish, baholash va boshqarish tamoyillarini amalga oshirish operasion xarajatlarning 2,5 foizga kamayishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish