Abdullaeva Nilufar Javdat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3802.
Ilmiy rahbar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Shodlikbek Marksovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida kirim qilinib, foydalanilmayotgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni to‘xtatib turish orqali tibbiy xizmatlar tannarxini me’yorlashtirish asoslangan;
foydalanishda bo‘lgan mashina va uskunalarning boshlang‘ich qiymati ortib ketmasligi uchun ularni ko‘chirish, qayta o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid xarajatlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha joriy davr haqiqiy xarajatlari tarkibida hisobga olish asoslangan;
tibbiyot muassasasida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha mashina va jihozlarni 221 220/1 (013/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlar” hamda 221 220/2 (013/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlar” shuningdek, ularning amortizatsiyalarini 231 200/1 (023/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlarning amortizatsiyasi” va 231 200/2 (023/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlarning amortizatsiyasi” nomli alohida ishchi schyotlarda hisobga olish taklif etilgan;
tibbiyot muassasasida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha transport vositalarini 221 211 (015/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan transport vositalari” hamda 221 212 (015/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan transport vositalari”, shuningdek, ularning amortizatsiyalarini 231 210 (025/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan transport vositalarining amortizatsiyasi” hamda 231 210/2 (025/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan transport vositalarining amortizatsiyasi” nomli alohida ishchi schyotlarda hisobga olish taklif etilgan;.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida kirim qilinib, foydalanilmayotgan asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashni to‘xtatib turish orqali tibbiy xizmatlar tannarxini me’yorlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy ximoya agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024 yil 10 apreldagi 38-son buyurug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil
7-maydagi 92/01-04-01 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, foydalanilmayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq amortizatsiya ajratmalarini pullik tibbiy xizmatlar tannarxiga olib borilishining oldi olinib, pullik tibbiy xizmatlar tannarxini me’yorlashtirishga xizmat qilgan;
foydalanishda bo‘lgan mashina va jihozlarning boshlang‘ich qiymati ortib ketmasligi uchun ularni ko‘chirish, qayta o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid xarajatlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha joriy davr haqiqiy xarajatlari tarkibida hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024 yil 10 apreldagi 38-son buyurug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil 7-maydagi 92/01-04-01 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali, foydalanishda bo‘lgan mashina va jihozlarni ichki ko‘chirish, qayta o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni asossiz holda ularning balans qiymatiga kiritishning oldi olinib, ularni moliyaviy hisobotlarda haqqoniy qiymatda aks ettirilishiga xizmat qilgan;
tibbiyot muassasasida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha mashina va jihozlarni 221 220/1 (013/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlar” hamda 221 220/2 (013/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlar”, shuningdek, ularning amortizasiyalarini (231 200/1 (023/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlarning amortizasiyasi” va 231 200/2 (023/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan mashina va jihozlarning amortizatsiyasi” nomli alohida ishchi schyotlarda hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil 10- apreldagi 38-son buyurug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil 7-maydagi 92/01-04-01 son ma’lumotnomasi). Natijada, mashina va jihozlar kirimi hamda ularning harakati, shuningdek, ularning amortizatsiyalarini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha alohida hisobga olish va tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
tibbiyot muassasasida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha transport vositalarini 221 211 (015/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan transport vositalari” hamda 221 212 (015/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan transport vositalari”, shuningdek, ularning amortizatsiyalarini 231 210 (025/1) – “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan transport vositalarining amortizasiyasi” hamda 231 210/2 (025/2) – “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan transport vositalarining amortizatsiyasi” nomli alohida ishchi schyotlarda hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil 10-apreldagi 38-son buyurug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazining 2024-yil 7-maydagi 92/01-04-01 son ma’lumotnomasi). Natijada, transport vositalari kirimi hamda ularning harakati, shuningdek ularning amortizatsiyasini byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalari bo‘yicha alohida hisobga olish va tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirishga xizmat qilgan.