Muftaydinov Bobir Kiyomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“Korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash va tahlilini takomillashtirish yo‘nalishlari”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/ Iqt2607.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroximjon Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2022.I.06.03
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xojaev Azizxon Saidaloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash va tahlilini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovasion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida korxonalar raqobatbardoshligini baholash yo‘nalishlarida moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi “raqobatbardoshlik koeffisienti” asosida takomillashtirilgan;
korxonalar moliyaviy barqarorligining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi asosida har bir omilning aniqlash uslubiyoti iqtisodiy tahlilning additiv va multiplikativ usullaridan foydalangan holda takomillashtirilgan;
korxonalarning moliyaviy mustahkamligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ularning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq jihatlarining mutlaq va nisbiy miqdorlarini muvofiqlashtirgan holda kompleks ko‘rsatkichlarni aniqlashning additiv modeli taklif etilgan;
korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning o‘z mablag‘lari (O‘), foydaning ko‘payishi (F), xarajatlarning nisbatan kamayib borishi (X), moliyaviy mustahkamlikning yuqoriligi (M) evaziga moliyaviy barqarorlikni (B) ta’minlashga qaratilgan “O‘FXMB – modeli” ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash va tahlilini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovasion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida korxonalar raqobatbardoshligini baholash yo‘nalishlarida moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini “raqobatbardoshlik koeffisienti” asosida takomillashtirilgan varianti “O‘zdonmahsulot” AK amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 21-maydagi 17-3/40-336-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining tahlili ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga korxonaning raqobatbardoshlik darajasiga ob’ektiv baho berish imkoniyatini yaxshilagan;
iqtisodiy tahlilning additiv va multiplikativ usullaridan foydalangan korxonalar moliyaviy barqarorligining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi asosida har bir omilning aniqlashning takomillashtirilgan uslubiyoti “O‘zdonmahsulot” AK amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 21-maydagi 17-3/40-336-son ma’lumotnomasi). Iqtisodiy tahlilning additiv va multiplikativ usullaridan foydalanish orqali korxonalar moliyaviy barqarorligining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi har bir omilning aniqlashning takomillashgan uslubiyotini qo‘llash natijasida moliyaviy barqarorlik bo‘yicha aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
korxonalarning moliyaviy mustahkamligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ularning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq jihatlarining mutlaq va nisbiy miqdorlarini muvofiqlashtirgan holda kompleks ko‘rsatkichlarni aniqlashning additiv modeli “O‘zdonmahsulot” AK amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 21-maydagi 17-3/40-336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida korxonalar faoliyatini uzoq yillar davomida qiyoslash orqali moliyaviy barqarorlik darajasiga to‘g‘ri xulosa berish imkoniyati yaratilgan;
korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning o‘z mablag‘lari (O‘), foydaning ko‘payishi (F), xarajatlarning nisbatan kamayib borishi (X), moliyaviy mustahkamlikning yuqoriligi (M) evaziga moliyaviy barqarorlikni (B) ta’minlashga qaratilgan “O‘FXMB – modeli” “O‘zdonmahsulot” AK amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 21-maydagi 17-3/40-336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida korxonada xarajatlarning ortib borish darajasini foydani ortib borish darajasidan ko‘p bo‘lmasligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish