Kamolova Habiba Muhammadievnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida Shahrisabz shahri tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar313
Ilmiy rahbar: Komolov Dilshod Po‘latovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, professor, Mansurov Ulug‘bek Umarovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shahrisabz shahrinig XIX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi tarixini manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shahrisabz siyosiy hayotida mustaqillikka, rus bosqinchilari asoratiga tushmaslik yo‘lidagi kurashlar, ijtimoiy hayotda jamiyat ichidagi ijtimoiy zo‘riqishlarning kuchayishi, pirovardida XIX asrning oxirlaridagi xalq noroziliklarini kelib chiqishiga qaramay, shahar savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lganligi, shu bilan birga o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhit shakllanganligi asoslangan;
sobiq sovet hokimiyati yillarida shahar ijtimoiy infratuzilmasidagi ziddiyatli o‘zgarishlar, ta’lim, sog‘liqni saqlashdagi yangilanishlar, madaniy hayot rivoji va ularning aholi hayotiga ko‘rsatgan ta’siri hamda tarixiy-me’moriy yodgorliklarga sovetlar davrida bo‘lgan munosabatlar, ma’muriy buyruqbozlik va sinfiylikka asoslangan bir tomonlama ziddiyatli va murakkab rivojlanish jarayonlari arxiv manbalari asosida aniqlangan;
mustaqillik yillarida shaharsozlik borasidagi islohotlar natijasida aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tarkibi, madaniyati, turmush tarzining tubdan o‘zgarib borganligi, urbanizatsiya darajasining ko‘tarilganligi hamda iqtisodiyotda bozor infratuzilmasi shakllantirilib, xorijiy davlatlar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yilish holatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans davrida tarixiy-me’moriy shaharning turizm salohiyatini yuksaltirish va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish yolidagi harakatlar ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XXI boshlarida Shahisabz shahri tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mustaqillik yillarida shaharsozlik borasidagi islohotlar natijasida aholining turmush tarzi, ijtimoiy-kasbiy va demografik tarkibi tubdan o‘zgarganligi, iqtisodiyotda bozor infratuzilmasi shakllantirilganligi, xorijiy davlatlar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yilishi hamda shahar tarixiy, madaniy hayotidagi o‘zgarishlar jarayonida Amir Temurning 660 yillik yubileyi, shaharning 2700 yilligi keng nishonlanishi, shahar tarixiy-me’moriy yodgorliklarini qayta tiklanishi, xalqaro maqom festivalini tashkil etilishi, IHT tomonidan Shahrisabzning turizm poytaxti sifatida tanlanishi negizida, uning turizm salohiyatini oshishiga oid tadqiqot natijalaridan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2021-yil 6-iyul 02-40-1136-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomabinlar shaharda olib borilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida zamonaviy va ko‘hna shaharning hozirgi kundagi qiyofasi tubdan o‘zgarganligi haqida xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans davrida tarixiy-me’moriy shaharning turizm salohiyatini yuksaltirish va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish yolidagi harakatlar haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida qayd etib o‘tildi.
Shahrisabzning XIX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi rivojlanish tarixi yaxlit tarzda tadqiq qilinib, bu jarayonni ifodalovchi arxiv hujjatlari va davriy matbuot nashrlaridagi faktlar ilmiy muomalaga kiritilish asosida, Buxoro amirligi tasarrufi yillarida Shahrisabz bekligi ma’muriy-siyosiy boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutgan holda, siyosiy jihatdan mustaqillikka intilishning ustunligi, vohani har tomonlama nazorat qilishda amirlik bilan yuzaga kelgan nizolar, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar tarixiy manbalarga tayanib asoslanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturida keltirilgan “O‘zbekiston tarixini chuqur, keng miqyosda va izchil o‘rganishni ta’minlash, bu borada tarixiylik va xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilib, tarixiy o‘tmish va o‘zbek xalqining hozirgi kundagi hayotiga baho berishda, bir yo‘qlama yondoshuvga va noxolislikka yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston tarixini buzib, soxtalashtirib talqin etilishiga qarshi kurash olib borish, xalqaro keng jamoatchilik diqqat e’tiboriga O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishiga doir haqqoniy haqiqatlarni etkazish” kabi vazifalariga mos keladi. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 2-uyun 02.02.30-sonli ma’lumotnomasi).Natijada partiya tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy yangilik, amaliy taklif va xulosalardan uslubiy tavsiyalar, dasturlar va qo‘llanmalar yaratishda keng foydalanishni nazarda tutgan;
sobiq sovet hokimiyati yillarida shahar ijtimoiy infratuzilmasidagi ziddiyatli o‘zgarishlar, ta’lim, sog‘liqni saqlashdagi yangilanishlar, madaniy hayot sohasidagi o‘zgarishlar va ularning aholi hayotiga ko‘rsatgan ta’sir omillari hamda tarixiy-me’moriy yodgorliklarga sovetlar davrida bo‘lgan munosabatlar, ma’muriy buyruqbozlik va sinfiylikka asoslangan bir tomonlama ziddiyatli va murakkab rivojlanish jarayonlariga oid natijalardan Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi, xususan, Shahrisabz shahrining XX asrga oid topografik xaritalari, madaniy meros obektlarining foto nusxalaridan muzey fondini keng boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 9-iyun 05-12-15-3951-son ma’lumotnomasi). Natijada sovetlar davrida shaharning ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mohiyatini asoslab berish imkonini bergan.