Yusupova Feruza Zoyirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda axloqiy tafakkurni rivojlantirishda idealning konstruktiv ahamiyati”, 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal373
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xoliqov Yunus Ortiqovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargo‘na davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar axloqiy tafakkuri takomillashishida idealning konstruktiv ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
idealning konstruktiv ahamiyati axloqiy tafakkurning ichki barqaror tizimida dinamik va statik xususiyatlari doirasida endotransformatsion, ekzotransformatsion metodologiya asosida ochib berilgan;
ideal yoshlar ruhiyati uchun katta dinamik kuch bo‘lib, shaxsiy “Men”ini jamiyat “Katta men” bilan solishtirishda barqarorlashtiruvchi, tushkunlik kayfiyati, maqsadsizlik, umidsizlik, g‘azab, axloqiy frustratsiya kabi ijtimoiy kasalliklarlarni engishda optimistik kayfiyat, idealga intiluvchanlik, (perfeksionizm) kabi kommunikatsion vazifani bajarishga asoslangan;
axloqiy ideal zamonaviy yoshlarni shaxs bo‘lib voyaga etishishida ma’naviy-mafkuraviy, ideallar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab, azaldan shakllanib kelayotgan barkamol avlod, komil inson g‘oyalariga uyg‘unlashishi isbotlangan;
ekzistensial qadriyatlarning yoshlar axloqiy tafakkurini rivojlanishiga ta’sir etib, ma’naviy borlig‘ini mukammallik, farovon hayot, abadiyat, transsendent, mutlaq borliq kabi ma’nolar bilan boyitgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarda axloqiy tafakkurni rivojlantirishda idealning konstruktiv ahamiyati tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
idealning konstruktiv ahamiyati axloqiy tafakkurning ichki barqaror tizimida dinamik va statik xususiyatlari doirasida endotransformatsion, ekzotransformatsion metodologiya asosida ochib berilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillar davomida bajarilgan “Aholining zaif guruhlari uchun talaba yoshlardan volontyorlarni tayyorlash va takomillashtirish” mavzusidagi PZ-2017092819-raqamli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 21-dekabrdagi 04/11-9261-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda yoshlar axloqiy tafakkuri va idealini yuksaltirish borasidagi islohotlar tahlilini berish orqali uning demokratik tamoyillarini yaratish istiqbollariga doir qarashlar konvensional, struktural-funksional, lokal-global va huquqiy konsensuslash nuqtayi-nazaridan baholangan nazariy-metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ideal yoshlar ruhiyati uchun katta dinamik kuch bo‘lib, shaxsiy “Men”ini jamiyat “Katta men” bilan solishtirishda barqarorlashtiruvchi, tushkunlik kayfiyati, maqsadsizlik, umidsizlik, g‘azab, axloqiy frustratsiya kabi ijtimoiy kasalliklarlarni engishda optimistik kayfiyat, idealga intiluvchanlik, (perfeksionizm) kabi kommunikatsion vazifani bajarishga asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Kasbiy psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Shaxsning kasbiy etikasi” deb nomlangan II-modulining “Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlari” va “Kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni” nomli, “Kasbiy faoliyatning individual uslubi” deb nomlangan III-modulining “Tafakkur. Intellekt. Nutq” nomli mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 4/17-4/1-202-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot ishidagi yoshlarning axloqiy-estetik madaniyati va axloqiy idealining konstruktiv aloqadorligini oshirishning umumiy tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar bugungi kunda axloqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning mazmuni, shakllari, xarakteri va yo‘nalishlarini aniqlab berishga hamda jamiyatimiz ma’naviy taraqqiyotining nazariy-konseptual asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
axloqiy ideal zamonaviy yoshlarni shaxs bo‘lib voyaga etishishida ma’naviy-mafkuraviy, ideallar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab, azaldan shakllanib kelayotgan barkamol avlod, komil inson g‘oyalariga uyg‘unlashishi isbotlanganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish” hamda “Yangi O‘zbekiston orzusini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instutining 2024-yil 4-yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda yoshlarni yuksak ma’naviy fazilatlar asosida tarbiyalab voyaga etkazish, ularni ideal, axloqiy madaniyatli va iqtidorlilik darajasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ekzistensial qadriyatlarning yoshlar axloqiy tafakkurini rivojlanishiga ta’sir etib, ma’naviy borlig‘ini mukammallik, farovon hayot, abadiyat, transsendent, mutlaq borliq kabi ma’nolar bilan boyitgani dalillanganligiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom yangi kun”, “Diyor 24”, “Imkoniyat”, “Najot bilimda”, “Inson qadri” ko‘rsatuvlarini navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-dekabrdagi 01-02/197-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida yoshlar axloqiy tafakkurini va ularda milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini shakllantirishda hamda yuksak ma’naviyatli komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qilgan.