Nasirova Aziza Kamoljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarning endotelial disfunksiyasining klinik va genetik hususiyatlari”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2654.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Zulayxo Muralimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alimuxamedova Gulrux Aybekovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning kliniko-genetik markerlarini erta diagnostikada ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda interleykin 17A, 17F va 23R genlarining polimorfizmlari, shuningdek IL17A geni G197A polimorfizmining tahlilida geterozigota GA, mutant AA genotipi va mutant A alleli sezilarli darajada oshganligi isbotlangan;
IL17A genining G197A polimorfizmi va gemodinamik o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlik genetik markerning autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning rivojlanishida muhim prognostik roli asoslangan;
autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning ko‘rsatkichi - Villebrand omili darajasining sezilarli o‘zgarishi, ya’ni manifest gipotireozda kamayishi va tireotoksikozda oshishi tasdiqlangan holda, klinik bosqichiga ko‘ra bu bemorlarda tireoid gormonlar darajasini nazorat qilish zarurligi asoslangan;
ilk bor autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda gormonal va genetik parametrlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda, gemodinamik o‘zgarishlarni erta diagnostika qilish va bemorlarni boshqarish tamoyillari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarning endotelial disfunksiyasining klinik va genetik hususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta o‘zbek millatiga mansub autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda interleykin 17A, 17F va 23R genlarining polimorfizmlari, shuningdek IL17A genining G197A polimorfizmi tahlili asosida geterozigota GA, mutant AA genotipi va mutant A alleli sezilarli darajada oshganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kenagshi tomonidan 2023 yil 23 noyabrda 11-23/187-t-son bilan tasdiqlangan «Autoimmun tireoidit rivojlanishining molekulyar-genetik tekshiruv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 121-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL17A genining G197A polimorfizmi salbiy genotipik variantlari autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda sezilarli darajada keng tarqalgan. IL17A genining G197A polimorfizmi uchrashi taqsimotini tahlil qilish ko‘rsatkichlari AA mutant genotipining paydo bo‘lishi AIT bosqichiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Ushbu lokusning salbiy genotiplarini aniqlash bu usuldan AITning erta prognostik belgisi sifatida foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 78,6% byudjet mablag‘lari autoimmun tireoidit kasalligini erta aniqlash va uning yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini va nogironlikni oldini olish, mehnat qobiliyatini tiklash va hayot sifatini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: IL17A genining G197A polimorfizmi va gemodinamik o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanib, autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning rivojlanishida ushbu genetik markerning muhim prognostik roli asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabrda 11-23/187-t-son bilan tasdiqlangan «Autoimmun tireoidit rivojlanishining molekulyar-genetik tekshiruv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 121-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL17A genining G197A polimorfizmi salbiy genotipik variantlari autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda sezilarli darajada keng tarqalgan. IL17A genining G197A polimorfizmi uchrashi taqsimotini tahlil qilish ko‘rsatkichlari AA mutant genotipining paydo bo‘lishi AIT bosqichiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Ushbu lokusning salbiy genotiplarini aniqlash bu usuldan AITning erta prognostik belgisi sifatida foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 78,6% byudjet mablag‘lari autoimmun tireoidit kasalligini erta aniqlash va uning yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini va nogironlikni oldini olish, mehnat qobiliyatini tiklash va hayot sifatini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning ko‘rsatkichi - Villebrand omili darajasining sezilarli o‘zgarishi, ya’ni manifest gipotireozda kamayishi va tireotoksikozda oshishi tasdiqlangan holda, klinik bosqichiga qarab bu bemorlarda tireoid gormonlar darajasini nazorat qilish zarurligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kenagshi tomonidan 2023 yil 23 noyabrda 11-23/187-t-son bilan tasdiqlangan «Autoimmun tireoidit rivojlanishining molekulyar-genetik tekshiruv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 121-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL17A genining G197A polimorfizmi salbiy genotipik variantlari autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda sezilarli darajada keng tarqalgan. IL17A genining G197A polimorfizmi uchrashi taqsimotini tahlil qilish ko‘rsatkichlari AA mutant genotipining paydo bo‘lishi AIT bosqichiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Ushbu lokusning salbiy genotiplarini aniqlash bu usuldan AITning erta prognostik belgisi sifatida foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 78,6% byudjet mablag‘lari autoimmun tireoidit kasalligini erta aniqlash va uning yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini va nogironlikni oldini olish, mehnat qobiliyatini tiklash va hayot sifatini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda, endotelial disfunksiya va yurak-qon tomir asoratlari xavfini hisobga olgan holda, gormonal va genetik parametrlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida gemodinamik o‘zgarishlarni erta diagnostika qilish va bemorlarni boshqarish tamoyillari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kenagshi tomonidan 2023 yil 23 noyabrda 11-23/187-t-son bilan tasdiqlangan «Autoimmun tireoidit rivojlanishining molekulyar-genetik tekshiruv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 121-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL17A genining G197A polimorfizmi salbiy genotipik variantlari autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda sezilarli darajada keng tarqalgan IL17A genining G197A polimorfizmi uchrashi taqsimotini tahlil qilish ko‘rsatkichlari AA mutant genotipining paydo bo‘lishi AIT bosqichiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Ushbu lokusning salbiy genotiplarini aniqlash bu usuldan AITning erta prognostik belgisi sifatida foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 78,6% byudjet mablag‘lari autoimmun tireoidit kasalligini erta aniqlash va uning yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini va nogironlikni oldini olish, mehnat qobiliyatini tiklash va hayot sifatini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish