Hasanov Umid Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual ta’lim muhitida talabalarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalar” fani misolida)”, 13.00.02–“Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika falari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3264.
Ilmiy rahbar: Yusupov Rabbim Mixlievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tovbaev Sirojiddin Aqbutaevich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli, kognitiv va operatsion-texnologik komponentlari axborot ustida ishlashning tanlash va qayta ishlash bosqichlariga integratsiya va differensiatsiyaning dialektik birligi tamoyilini mantiqiy bog‘liqligi sababli vizual sezgirlikni kuchaytiruvchi muhitda singdirish asosida aniqlashtirilgan;
virtual ta’lim muhitida muhandislarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirish modeli talabalarni elektron resurslardan adaptiv foydalanishga moslashtiruvchi mustaqil ishlarni murakkablik darajalarda taqsimlanishiga ko‘ra grafikli topshiriqlarni tushunish va transformatsiyalash jarayonida differensial qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari elektron muloqot jarayoniga moslashuvni individual yo‘nalganlikda ta’minlashning o‘zini o‘zi rivojlantirish va namoyon etishga doir mashqlarini kasbiy-amaliy nostandart vaziyatlarda personallikda tuzilmalashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quv materiallarini idrok etishning audial, vizual, kinestetik tizimlarini samaradorlik monitoringiga ko‘ra virtual ta’lim muhitida qayta aloqali integratsiyalashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yoʻnalishli oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan virtual ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak muhandis-texnologlarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
virtual ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli, kognitiv va operatsion-texnologik komponentlari axborot ustida ishlashning tanlash va qayta ishlash bosqichlariga integratsiya va differensiatsiyaning dialektik birligi tamoyilini mantiqiy bog‘liqligi sababli vizual sezgirlikni kuchaytiruvchi muhitda singdirishga qaratilgan takliflardan AIF 1/4 raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 02-1021-1423 raqamli ma’lumotnoma). Natijada virtual ta’lim muhitida fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
virtual ta’lim muhitida muhandislarda axborot-texnologik kompetentlikni rivojlantirish modeli talabalarni elektron resurslardan adaptiv foydalanishga moslashtiruvchi mustaqil ishlarni murakkablik darajalarda taqsimlanishiga ko‘ra grafikli topshiriqlarni tushunish va transformatsiyalash jarayonida differensial qo‘llashga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-9-raqamli guvohnomasi). Natijada, virtual ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini yaratish modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak muhandislarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari elektron muloqot jarayoniga moslashuvni individual yo‘nalganlikda ta’minlashning o‘zini o‘zi rivojlantirish va namoyon etishga doir mashqlarini kasbiy-amaliy nostandart vaziyatlarda personallikda tuzilmalashtirishga oid takliflar “Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-458 raqamli guvohnomasi). Natijada interaktiv virtual ta’lim resurslardan foydalanib o‘qitish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quv materiallarini idrok etishning audial, vizual, kinestetik tizimlarini samaradorlik monitoringiga ko‘ra virtual ta’lim muhitida qayta aloqali integratsiyalashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-670 raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish