Yunusov Oybek Turaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3077.
Ilmiy rahbar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiet universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
kuyish kasalligining bosqichlari bo‘yicha gemostaz sistemasi holatini o‘rganish va QDTQ–sindromi laborator diagnostikasini takomillashtirish hamda gemostatik Xemoben preparatini qo‘llash orqali davolash samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur kuyishlarda qonning ivish tizimi ko‘rsatgichlarining buzilishi va fibrinolitik faollikning pasayishi kuzatiladi, ushbu holatlar kuyish shoki darajasi va kuyish kasalligining bosqichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik hisobiga vujudga kelib, ular QDTQ–sindromi rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
kuyish jarohati ta’sirida o‘lganlarda QDTQ–sindromining morfologik ko‘rinishi ko‘pincha nospesifik plazmali koagulyasiya ko‘rinishida va ichki a’zolar mikrotsirkulyator oqimlarida fibrinli mikrotromblarni, ayniqsa buyraklar → o‘pkalar → jigar → bosh miya → me’da osti bezida hosil bo‘lishi aniqlangan;
tajriba hayvonlarining termik jarohatlariga Xemoben preparatini birlamchi tangensial nekrektomiya va autodermoplastikadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlashi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib kelishi isbotlangan;
Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chuqur kuyishlarda qonning ivish tizimi ko‘rsatgichlarining buzilishi va fibrinolitik faollikning pasayishi kuzatiladi, ushbu holatlar kuyish shoki darajasi va kuyish kasalligining bosqichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik hisobiga vujudga kelib, ular QDTQ–sindromi rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: og‘ir kuyishlarda gemostaziologik asoratlarni aniqlash maqsadida tavsiya etiladigan integral ko‘rsatgichlar klinisistlarga QDTQ–sindromi ekspress-diagnostikasini aniqlash va o‘z vaqtida adekvat terapiya qo‘llash imkoniyatini tug‘diradi, hamda patologik jarayonning salbiy oqibatlarini kamaytirilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 04 dekabrdagi 124-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya narusheniy sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 18.05.2024 y. № 62-T buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 28.05.2024 y. 1367-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: chuqur kuyishlarda qonning ivish tizimi ko‘rsatgichlarining buzilishi va fibrinolitik faollikning pasayishi kuzatiladi, ushbu holatlar kuyish shoki darajasi va kuyish kasalligining bosqichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik hisobiga vujudga kelib, ular QDTQ–sindromi rivojlanishiga sabab bo‘lishi, tajriba hayvonlarining termik jarohatlariga Xemoben preparatini birlamchi tangensial nekrektomiya va autodermoplastikadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlashi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib kelishi isbotlangan. Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: kuyishda gemostaz ko‘rsatkichlarini tiklovchi yangi Xemoben polimer preparati yaratilishi, uning qon to‘xtatuvchi va adgeziv ta’sir mexanizmlari hisobiga davolash natijalari yaxshilinishi bois sarf xarajatlar 1 bemor hisobiga 375000 so‘m (faqat Xemobenni qo‘llash hisobiga), qo‘shimcha dori-darmonlar esa 780000 so‘mga iqtisod qilingan. Xulosa: kuyish kasalligining o‘tkir davrida QDTQ-sindromi trombotsitopeniya, EFMK miqdorining o‘sishi gemostaz tizimining ivishga qarshi mexanizmlarini pasayishi fonida kuzatiladi. Toksemiya va septikotoksemiya bosqichlarida qonning ivish, plazmani rekal`sifikatsiya vaqti, QFTV, protrombin va trombin vaqti qisqaradi, AT-III konsentratsiyasi keskin kamayadi, fibrinogen konsentratsiyasi 2,5 martadan ko‘proq oshadi. Qon ivish jarayonining tezlashishi tashqi va ichki mexanizm tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6123-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: kuyish jarohati ta’sirida o‘lganlarda QDTQ–sindromining morfologik ko‘rinishi ko‘pincha nospesifik plazmali koagulyasiya ko‘rinishida va ichki a’zolar mikrotsirkulyator oqimlarida fibrinli mikrotromblarni, ayniqsa buyraklar → o‘pkalar → jigar → bosh miya → me’da osti bezida hosil bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: karboksimetilsellyuloza asosida tayyorlangan kukun va qoplamaning gemostatik xususiyati mavjudligi, uning ta’sir mexanizmi ichki va tashqi koagulyasion gemostaz yo‘lini faollashuvi bilan bog‘liqligi, gipofibrinemiya sharoitida fibrinogen miqdorini oshishi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 04 dekabrdagi 124-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya narusheniy sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 18.05.2024 y. № 62-T buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 28.05.2024 y. 1367-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: tajriba hayvonlarining termik jarohatlariga Xemoben preparatini birlamchi tangensial nekrektomiya va autodermoplastikadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlashi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib kelishi isbotlangan. Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: kombustiologiyaning klinik amaliyotiga ushbu preparatni kiritish terini termik shikastlanishini xirurgik davolash samaradorligini oshiradi, davolashning tannarxini pasaytiradi va import o‘rnini bosuvchi preparat hisoblanadi. Import o‘rnini bosuvchi ushbu preparatni yaratilishi Respublikamizda dori vositalarini mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarish dasturini bajarish imkoniyati yaratilishi hisbiga bemorlarning to‘shak kuniga 2 barobarga qisqarishi natijasida (1 kunlik to‘shak kuni statsionar preykuranti bo‘yicha 125000 ming so‘mni tashkil qiladi) bu o‘z navbatida 1 bemor hisobiga 1 kunda 125000 so‘m iqtisod qilish samaradorligini bergan, shu bilan birga reabilitatsiya sarf xarajatlarini ham kamaytirib (1 kunga reabilitatsiya uchun o‘rtacha 67000 so‘m dori vositalari ishlatiladi). Xulosa: bemorlarda QDTQ-sindromi rivojlanishining tezlikda baholash imkoniyatini beruvchi asosiy skrining testlar to‘plami qo‘yidagilar: trombotsitlarni sanash, protrombin vaqti, APTV, trombin vaqti, fibrinogen, AT-III va fibrin monomer. Ushbu skrining to‘plam kuyish kasalligining salbiy oqibatlarini aniqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6123-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tajriba hayvonlarining termik jarohatlariga Xemoben preparatini birlamchi tangensial nekrektomiya va autodermoplastikadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlashi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: termik travma bilan jarohatlanganlarda autodermoplastika payti Xemoben gemostatik preparatini nekrektomiyadan so‘ng bir marotaba mahalliy qo‘llash maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 04 dekabrdagi 124-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya narusheniy sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 18.05.2024 y. № 62-T buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 28.05.2024 y. 1367-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: kuyish jarohati ta’sirida o‘lganlarda QDTQ–sindromining morfologik ko‘rinishi ko‘pincha nospesifik plazmali koagulyasiya ko‘rinishida va ichki a’zolar mikrotsirkulyator oqimlarida fibrinli mikrotromblarni, ayniqsa buyraklar → o‘pkalar → jigar → bosh miya → me’da osti bezida hosil bo‘lishi aniqlangan, Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Xemobenni og‘ir kuyish jarohatida erta xirurgik davolashni boshlash imkonini berishi va ularning samaradorligi hisobiga operatsiyadan keyingi asoratlarni transplantatlar lizisi xirurgik nekrektomiya va Xemoben preparatini qo‘llangan guruhda – 11,6%, nazorat guruhida 25,7% holatda, ya’ni 2 barobar kam kuzatildi va buning natijasida 1 bemor hisobiga 597690 so‘mni tejash hisobiga sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib kelgan. Xulosa: tajriba hayvonlarida nekrozga uchragan to‘qimalarning butunlay ko‘chishi 7-chi sutkadan boshlanadi, jarohatda birozgina ifloslanish mavjud bo‘lganda epitelizatsiya 14-chi sutkadan so‘ng boshlanadi. Xemoben preparatini autodermoplastika payti birlamchi tangensial nekrektomiyadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlaydi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi kuzatiladi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6123-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Xemobenni qo‘llash erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 04 dekabrdagi 124-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya narusheniy sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 18.05.2024 y. № 62-T buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 28.05.2024 y. 1367-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Xemobenni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, natijada kuyish kasalligi yo‘nalishining o‘zgarishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi hisobiga bemorlarning tuzalishi tezlashadi, operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlik ulushlari kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: import o‘rnini bosuvchi ushbu preparatni yaratilishi Respublikamizda dori vositalarini mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarish dasturini bajarish imkoniyatining yaratilishi hisobiga har 1 bemor hisobiga 2 barobarga kamayishi hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha hisobda 1 kunda 192 000 so‘mni tejashga olib keladi. Xulosa: xemobenni qo‘llash erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, kuyish kasalligi yo‘nalishini o‘zgartirish va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti 5,3 kunga, statsionar davolanishning davomiyligi 7,3 kunga qisqaradi, infeksion asoratlar soni va o‘lim foizi 2 barobar kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir kuygan bemorlarda gemostaz sistemasining buzilishiga erta xirurgik davolash taktikasining ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6123-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish