Vervekina Tat`yana Anatol`evnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`kulez xolesistitda o‘t pufagining patologoanatomik xususiyatlari», 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib182.

Ilmiy rahbar: Magrupov Baxodir Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Baybekov Iskander Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kal`kulez xolesistitning turli shakllarida o‘t pufagining morfologik o‘zgarishlarini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

patomoroflogik biopsiya materiallarida kal`kulez xolesistit bilan xastalangan bemorlar o‘t pufagining turli sohalaridagi o‘zgarishlarning laborator tadqiqotlar asosida kompleks morfologik xususiyatlari ochib berilgan;

kal`kulez xolesistit bilan xastalangan bemorlar o‘t pufagining turli sohalaridagi o‘zgarishlarning instrumental ul`tratovush tadqiqotlar natijasida morfometrik  ko‘rsatkichlari isbotlangan;

o‘t pufagi tuzilishining o‘zgarishlari kasallikda yallig‘lanish shakliga, tadqiqot sohasiga tubi, tana, bo‘yinchaga bog‘liq o‘ziga xos patologoanatomik xususiyatlari asoslangan;

kal`kulez xolesistitda o‘t pufagi devorida yallig‘langan infil`tratning hujayraviy tarkibini tadqiq etishda yallig‘lanish shakli o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kal`kulez xolesistitda o‘t pufagining patologoanatomik xususiyatlari asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Kal`kulez xolesistitda o‘t pufagining patologoanatomik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 8n-d/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kal`kulez xolesistitda o‘t pufagining patomorfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash va kasallikni tashxislash va davolash imkonini bergan;

Kal`kulez xolesistitda o‘t pufagi patologoanatomik xususiyatlarining echimini topishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi, Respublika patologoanatomik markazi va Toshkent shahar Patologoanatomik byurosi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Patologoanatomiya va Sud-tibbiyot ekspertiza markazlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 8n-z/127-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kal`kulez xolesistitda o‘t pufagi patologoanatomik xususiyatlarining echimini topish kasallikni tashxislash-davolashga qilinadigan sarf-xarajatni kamaytirish, patologoanatomlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish