Idiev Zoxidullo Ziyodulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolash usulini tanlash» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2217.
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdumannon Abdumadjidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eugenius Lisinskas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva).
Yetakchi tashkilot: Sankt – Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy tatqiqot istituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi surunkali rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davo usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalardagi surunkali rinosinusitlarning klinik kechishi xususiyatlari, kasallikning og‘irlik darajasini baholash me’zonlari, burunning funksional holatini dinamikadagi o‘zgarishlari, hamda xastalikning qaytalanish xavfi darajasi aniqlangan;
surunkali rinosinusitli bolalarda kompleks tekshiruv, xususan endoskopik, 3D rentgen, kompyuter tomografik tekshirishlar asosida jarayonni erta tashxislash va davolash me’zonlari aniqlangan;
kompleks tekshiruvlarga asoslanib natijasida jarrohlik usulini tanlash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini kiritish orqali bolalarda surunkali rinosinusitlarni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmining ketma-ketligi takomillashtirilgan;
surunkali rinosinusitlarni davolashda konservativ va kaminvaziv funksional endoskopik sinus jarrohlik usuli, ya’ni ilmoqsimon o‘siqni 3/1 yoki 3/2 qismini rezeksiya qilish orqali bolalarda burun va burun yondosh bo‘shliqlarini me’yoriy arxitektonikasini saqlab qolinishi, davo samaradorligi ishonchli darajada oshishi klinik, endoskopik va funksional ko‘rsatgichlarga asoslanib isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/13-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda klinik - funksional va mikrobiologik tekshirishlarga asoslanib, surunkali rinosinusitlarni klinik kechishi va qaytalanish xavf darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali rinosinusitlar bilan og‘rigan bolalarda burun yondosh bo‘shliqlarini endoskopiya qilish va nur tashxislash, kasallikning klinik kechishini baholash va funksional holatini o‘zgarishlarida taktik yondashuv chora-tadbirlari tavsiya qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz- jag‘ boo‘limi amaliyotiga 14.12.2023 yildagi 187-188-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz - jag‘ boo‘limi amaliyotiga 07.12.2023 yildagi 91-91/1-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida taklif qilingan usul bo‘yicha 92,3% bemorlarda ijobiy natija kuzatilib, bemorlarda yil davomida kasallikning qaytalanishlari soni 1,2±0,06% ni tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich an’anaviy usul bo‘yicha 4,2±0,14% kuzatildidavolanish muddati qisqardi, shunday qilib ushbu toifadagi bemorlarni to‘liq yo‘naltirilgan ravishda tekshirishlardan o‘tishi hamroh kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlashdan tashqari, davo muolajalarini to‘g‘ri tanlashga, shuningdek iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi yuqori ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda bir yil davomida kasallikning qaytalanish chastotasining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 490500 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Bolalarda surunkali rinosinusitlarni kompleks tashxislash uchun videoendoskopiya, mikrobiologik, biokimyoviy laborator ko‘rsatkichlar va nur tashxis tekshirishlarini qo‘llash, ularda kuzatiladigan yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, jumladan rinosinusitlarni erta tashxislash, burun sohasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni sababini aniqlashga va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: rentgenologik (MSKT yoki 3D rentgenografiya) tekshirishlar asosida bolalarda surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolash me’zonlari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Nur tekshiruvlari old proeksiyada burun-dahan yo‘nalishi bo‘yicha rentgen nurlarini protuberencia occipitalis externa orkali yo‘naltirib, og‘zini katta ochgan holda rentgen tasvirdan o‘tkazildi. Burun yondosh bo‘shliqlarining holatini o‘rganish uchun video-endoskopik tekshiruvdan o‘tgan bemorlarga zaruriyat bo‘lganda qat’iy ko‘rsatma bo‘yicha nur tashxis tekshiruvlari bajarildi. Ba’zi hollarda ikkala proeksiyada xam rentgenogrammalarda shubhali tasvirlar bo‘lganda, mul`tispiral kompyuter tomografiya tekshiruvlarini o‘tkazdik. Bo‘shliq ichida sekretli, shilliq-yiringli ajralmalar, yoki biror bir patologik holat bo‘lmasligi uchun to‘qimaning zichligini hisobga olgan holda qavatlar qadamma-qadam kesib patologik jarayon xaqida aniq tasavvur ega bo‘ldik. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz- jag‘ boo‘limi amaliyotiga 14.12.2023 yildagi 187-188-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz - jag‘ boo‘limi amaliyotiga 07.12.2023 yildagi 91-91/1-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali RS turli morfologik ko‘rinishlarini MSKT va 3D tekshiruvlarining xos o‘zgarishlarni aniqlanishi orqali kasallikning diagnostikasi takomillashtirildi. Iktisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali RS ni o‘z vaqtida to‘liq tashhislash, zaruriy bo‘lgan tekshirishlarni to‘g‘ri tanlash, keraksiz yoki ortiqcha tekshiruvlar bilan bemorlarni nurlantirish kabi holatlarni cheklash va albatta, davolash samaradorligini oshirishni ta’minlaydi va shu asosda davolash rejasini tuzish ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi, bu esa o‘rtacha 491000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: surunkali RS bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va xarajatlarni 491000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchunchi ilmiy yangilik: kompleks tekshiruvlarga asoslanib natijasida jarrohlik usulini tanlash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini kiritish orqali bolalarda surunkali rinosinusitlarni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmining ketma-ketligi takomillashtirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Algoritm joriy etilgan joylarda bolalar orasida rinosinusitlarning uchrash darajasini aniqlangan, bolalarda surunkali rinosinusit kasalligining avj olib ketuvchi shakllariga o‘tishini kamaytirish, orbital va kallaichi kabi asoratlarini oldi olinadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz- jag‘ boo‘limi amaliyotiga 07.12.2023 yildagi 167-168-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz - jag‘ boo‘limi amaliyotiga 22.12.2023 yildagi 198-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda surunkali rinosinusit kasalligining avj olib ketuvchi shakllariga o‘tishini kamaytirish, orbital va kallaichi kabi asoratlarini oldi olindi, tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, mikst virus-bakterial patologiya bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishildi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Iqtisodiy samaradorligi: Shunday qilib, taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda bir yil davomida kasallikning qaytalanish chastotasining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 1297500 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: bolalarda surunkali rinosinusitlarni kompleks tashxislash uchun videoendoskopiya, mikrobiologik, biokimyoviy laborator ko‘rsatkichlar va nur tashxis tekshirishlarini qo‘llash, ularda kuzatiladigan yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, jumladan rinosinusitlarni erta tashxislash, burun sohasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni sababini aniqlashga va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali rinosinusitlarni davolashda konservativ va kaminvaziv funksional endoskopik sinus jarrohlik usuli, ya’ni ilmoqsimon o‘siqni 3/1 yoki 3/2 qismini rezeksiya qilish orqali bolalarda burun va burun yondosh bo‘shliqlarini me’yoriy arxitektonikasini saqlab qolinishi, davo samaradorligi ishonchli darajada oshishi klinik, endoskopik va funksional ko‘rsatgichlarga asoslanib isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz- jag‘ boo‘limi amaliyotiga 07.12.2023 yildagi 167-168-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz - jag‘ boo‘limi amaliyotiga 22.12.2023 yildagi 198-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalar amaliyotida xozirgi vaqtda amalda qo‘llanilib kelinayotgan an’anaviy jarrohlik usulida bemorlarda ilmoqsimon o‘siqni to‘liq olish natijasida – burun bo‘shlig‘i normal anatomiyasining buzilishi, burun yo‘llarida me’yoriy havo oqimi, ya’ni normal ventilyasiyaning buzilishi, o‘rta burun chig‘anog‘ining fiksatsiyasining zaiflashishi, shuningdek, burun bo‘shlig‘ida organik o‘zgarishlar ya’ni, burun yo‘llarida tortqilar va chandiqlar rivojlanishiga, bu esa shu joyda burun axlatini yig‘ilishiga sabab bo‘lishi va shuning hisobiga SRS kasalligining qaytalanishi yoki avj olib qo‘zish davriga o‘tish jarayonlari kuchayib ketadi. Shuningdek ilmoqsion o‘siqni butunlay olib tashlash ba’zi holatlarda likvoreya, aloxida ventral kesim yuzasida ishlov berilganda esa qog‘ozsimon plastinka va medial periorbatal sohalarni jarohatlanishiga, va ayrim holatlarda oldingi g‘alvirsimon arteriyani jaraxatlanishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: biz taklif qilgan davolash usul, bemorlarni erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Kompleks davolash usuliga joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanish kamayishi natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7 kundan 3 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorinrini kamaytiradi. Shunday qilib, taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda bir yil davomida kasallikning qaytalanish chastotasining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 1297500 so‘mni tashkil qildi. Shunga mos ravishda yil davomida 60 ta bemorni iqtisodiy samaradorligi 77850000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: SRSlarni davolashda taklif qilingan konservativ va kaminvaziv jarrohlik davolash usuli etarli darajada klinik samara beradi (93,4%), bu esa kasallikning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davolashdan keyingi natijalarni dinamikada baholash shuni ko‘rsatdiki, bolalarda SRS qaytalanishining uchrash chastotasi bir yilda asosiy guruhda 1,2±0,06%, qiyosiy guruhdagi bolalarda esa – 4,2±0,14% tashkil qildi, bunda SRSlar remissiyasining davomiyligi mos ravishda 8,4±0,3 va 3,6±0,4 oy nisbatni tashkil qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish