Nizamova Umida Sandjarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish (tarix yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3598.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Mahbuba Yusupjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Eshchanova Go‘zal Erkinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy o‘quv yurtlaridagi tarix yo‘nalishi talabalarini xorijiy til kompetensiyalarini produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik oliy ta’lim muassasalari ijtimoiiy gumanitar (tarix) yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari, lingvodidaktik (ta’lim sharoiti) va psixolingvistik (ehtiyojlar tahlili) multimedia learning yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
integrativ mashqlarni ishlab chiqishda kasbiy leksik birliklarining talaba bilim darajasiga nomutanosibligi sababli tarix yo‘nalishi talabalarining kasbga doir o‘rganish layoqati (aptitude), ehtiyoji (needs analysis), usul (learning styles) va strategiyalarini (learning strategies) inobatga olish zarurati asoslangan;
tarix yo‘nalishi talabalarining nutqqa oid kompetensiyasini rivojlantirilishini ta’minlovchi sinektika usuli talaba kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan til va nutq mashqlari strategik hamda kognitiv, kognitiv-pragmatik jihatlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
tarix yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning metodik ta’minoti CASE study texnologiyasi, mobil ilovalar hamda autentik video materiallarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik oliy ta’lim muassasalarining tarix fakultetlari talabalariga ingliz tili o‘qitishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish boʼyicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlil natijalari asosida:
nofilologik oliy ta’lim muassasalari ijtimoiiy gumanitar (tarix) yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik imkoniyatlari, o‘quv va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, lingvodidaktik (ta’lim sharoiti) va psixolingvistik (ehtiyojlar tahlili) jihatdan tahlil natijalaridan «Nofilologik ta’lim yoʼnalishi talabalarining xorijiy tilini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son 68-792 raqamli guvohnomasi). Natijada, tadqiqot muammosi bo‘yicha lingvistik, pedagogik, metodik adabiyotlarni tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
integrativ mashqlarni ishlab chiqishda tarix yo‘nalishi talabalarining kasbga doir o‘rganish layoqati (aptitude), ehtiyoji (needs analysis), usul (learning styles) va strategiyalarini (learning strategies) inobatga olish tamoyillari asoslangan ilmiy va nazariy tadqiqot materiallaridan ERASMUS+ 598092-EPP-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP “Modernisation of higher education in central asia through new technologies” mavzusidagi loyihasi doirasida oliy ta’limni yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilishda ishchi dastur va o‘quv rejalarni tayyorlashda foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2023-yil 27-iyuldagi 38-05-715-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarining afzalligi aniqlangan;
tarix yo‘nalishi talabalarining nutqqa oid kompetensiyasini rivojlantirilishini ta’minlovchi sinektika usuli talaba kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan strategik hamda kognitiv-pragmatik jihatlarga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan, «Ta’lim va taraqqiyot», «Bedorlik», “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanalining 2023-yil 12-dekabr O‘z/k-01-04-1873-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan mashqlarning samaradorligini sinovdan o‘tkazish va tadqiqot natijalari asosida tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan;
tarix yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalari asosida o‘qitishning metodik ta’minoti mobil ilovalar hamda autentik video materiallarga doir amaliy va nazariy xulosalardan ERASMUS+ 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP “O‘zbekistonda mehatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish” nomli halqaro loyihasi ijtimoiy fanlar sektorining pedagogika boʼlimida qoʼllanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2023 yil 27 iyuldagi 38-05-716-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix yo‘nalishi 1-, 2-bosqich talabalarda mobil ilovalardan foydalanish ko‘nikmasi ortgan.