Ayturaev Majid Mavlanxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1181.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Kodirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ubaydullaev Shuxratjon Narzullaevich,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlat pedagogika instituti    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey o‘quvchilarining ingliz tilida leksik komretensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda tabiiy fanlar (kimyo-biologiya) yo‘nalishi o‘quvchilarning ingliz tilida faol, nofaol, real, rotensial, vokobulyar va novokabulyar leksikasini rivojlantirish tamoyillari og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatda qo‘llash (usage) jarayonlarining didaktik samaradorligini komunikativ, kompetensiyaviy, kognitiv va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga ko‘ra  ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ingliz tili leksikasini tabiiy fanlar (kimyo-biologiya) yo‘nalishida mavzuviylik, vizuallik va ko‘r ishlatilishi nuqtayi nazaridan tanlash va prezentatsiya bosqichlarining metodik tirologiyasi lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (listening, speaking, reading, writing exercise) va qo‘llash (usage) bosqichlari orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy, vazifaviy va shakliy qiyinchiliklarning oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ (verbal va noverbal) va kompetensiyaviy (bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi) yondashuvlarining identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarni aqliy hujm (brainstorming), insert, klaster (cluster), artterapiya, harakatli, didaktik, rolli va imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik lisey o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasikaga doir tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy fanlar (kimyo-biologiya) yo‘nalishi o‘quvchilarning ingliz tilida faol, nofaol, real, potensial, vokobulyar va novokabulyar leksikasini rivojlantirish tamoyillari, ularni og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatda qo‘llash jarayonlarining didaktik samaradorligini ta’minlash ko‘rsatkichlariga doir ilmiy-nazariy asoslangan takliflardan 2020-2022-yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq Britaniya Kengashining (British Council) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda o‘tkazilgan “Ingliz tili ta’lim vositasi sifatida (English as a Medium of Instruction (EMI))” nomli xalqaro loyihasini bajarish doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2023-yil 2-fevraldagi 344-024-son malumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini B1 va B1+ darajada egallanishiga erishilgan;
ingliz tili leksikasini tabiiy fanlar (kimyo-biologiya) yo‘nalishida statik darajasi samaradorligiga erishish algoritmi tanlash, va taqdimot bosqichlarining metodik tipologiyasini lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini belgilash orqali  takomillashtirishni ta’minlovchi didaktik materiallarning mazmuni hamda ulardan foydalanish metodikasiga doir tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida bajarilgan EMPOWER (ERASMUS+ CAPACITY BUILDING PROJECT 101129076) loyihasini bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 5-apreldagi 842-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi ta’minlangan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning artterapiya, harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan va o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy, vazifaviy va shakliy qiyinchiliklarning oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan akademik lisey o‘quvchilarining ingliz tili fanini o‘qitishning uzviyligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda pedagogik jihatdan asoslashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli radioeshittirishlarining 2022-yil fevral va 2023-yil yanvar oylari sonlari senariysida tadqiqotda aks etgan o‘zbek va ingliz tillarida o‘quvchilarning ingliz tilida faol, nofaol, real, potensial, vokobulyar va novokabulyar leksikasini o‘rgatish tamoyillari, ularni og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatda qo‘llash jarayonlarining didaktik xususiyatlari haqidagi fikr va mulohazalardan foydalanildi. Shuningdek, akademik lisey o‘quvchilariga ingliz tili leksikasini mavzuviylik, vizuallik va ko‘p qo‘llanish nuqtayi nazaridan o‘rgatish, o‘quvchilarning ingliz tilida leksikasini o‘rgatishda amaliy komponenti — taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning harakatli, didaktik, rolli, imitasion o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga doir xulosa va tavsiyalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 15-fevraldagi 04-36-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish