Sultonov Bobur Qobuljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish spektrlari va elektron holatlar zichligi » 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM615
Ilmiy rahbar: Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich fizika-matematika fanlari doktori, O‘zR FA akademigi, Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amorf yarimo‘tkazgichlarni zonalararo va eksponensial yutilish spektrlari eksperimental qiymatlaridan va Kubo-Grinvud formulasidan foydalanib, ularni o‘tkazuvchanlik zonasi va shu zonaning dumidagi elektron holatlari zichligi taqsimotlarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor amorf yarimo‘tazgichlarni zonalararo optik yutilish spektrining analitik ko‘rinishidagi proporsonallik koeffisienti va harakatchanlik tirqishining energetik kengligini tajribalardan aniqlangan zonalararo yutilish spektrlariga moslashtirish orqali aniqlash kerakligini ko‘rsatilgan;
ilk bor  zonalararo yutilish spektri uchun Devis-Mott yaqinlashish usuliga ko‘ra yozilgan Kubo-Grinvud formulasidan o‘tkazuvchanlik zonasidagi elektron holatlari zichligi taqsimotini analitik ifodasini keltirib chiqarilganligi va amorf uglorodni tajribalardan aniqlangan zonalararo  yutilish  spektri qiymatlaridan uni o‘tkazuvchanlik zonasidagi elektron holatlari zichligi taqsimoti aniqlangan;
ilk bor amorf yarimo‘tkazgichlarni eksponensial yutilish spektrning analitik ifodasidagi proporsionallik koeffisienti, xarakatchanlik tirqishining energetik kengligi hamda, valent va o‘tkazuvchanlik zonalari eksponensial dumlari egriligini aniqlovchi parametrlarni aniqlash uchun zonalararo va eksponensial yutilish spektrlarining tajribalardan aniqlangan va analitik ifodalaridan hisoblangan qiymatlarni solishtirish orqali aniqlash kerakligini ko‘rsatilgan;
birinchi marta eksponensial yutilish spektri uchun Devis-Mott yaqinlashish usuliga ko‘ra yozilgan Kubo-Grinvud formulasidan o‘tkazuvchanlik zonasi dumidagi elektron holatlari zichligini taqsimotini aniqlovchi ifodalarni keltirib chiqarilgan;
ilk bor amorf selen-oltingugurt qattiq qorishmasi uchun tajribadan aniqlangan eksponensial yutilish spektrining qiymatlaridan va eksponensial yutilish spektri uchun yozilgan Kubo-Grinvud formulasidan foydalanib, shu materialni  o‘tkazuvchanlik zonasining dumidagi elektron holatlari zichligi taqsimoti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligining taqsimoti, harakatchanlik tirqishining energetik kengligini zonalararo yutilish spektralini  tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida;
amorf yarimo‘tkazgichlarda zonalararo optik yutilish spektridan foydalanib o‘tkazuvchanlik zonasi va o'tkazuvchanlik zonasi dumidagi elektron holatlari zichligi taqsimotlarini hisoblashni yangi usullaridan «Foton» aksiyadorlik jamiyatida amorf yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanildi («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 22 fevraldagi 04-3/296-con ma’lumotnomasi). “Foton” aksionerlik jamiyatida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ko‘rsatilgan natijalar asosida namunalar ishlab chiqishga erishilgan;
amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligini taqsimoti natijalaridan Malayziyaning “Putra ” universiteti ION markazi ilmiy laboratoriyasida yangi turdagi organik quyosh elementlari (DSSS) ning fotoelektrik parametrlarini hisoblashda qo‘llanilishi mumkinligi aniqlandi. Xisob-kitoblar tajriba natijalari bilan mos kelishi kuzatildi. (Malayziya respublikasi “Universiti Putra Malaysia”  2024-yil 16-apreldagi  Q.M.S 00794 (R) sonli ma’lumotnomasi). Natijada amorf yarimo'tkazgichli quyosh elementlariga tashqi muxit tasirini sezilarli darajada kamaytirish mumkin ekanligi  aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish