O‘ktamaliev Bekzod Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgich xossasiga ega TiO2 asosli Li-polimer batareyalarining tayyorlash texnologiyasi va elektrofizik xarakteristikalari» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3832
Ilmiy rahbar: Mamatkarimov Odiljon Oxundedaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onorkulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Alijanov Doniyor Dilshodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarkibida yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega TiO2 bo‘lgan elektrolitli Li-polimer batareyalarini elektrofizik parametrlarini o‘rganish, O‘zbekistonda ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish hamda polimer elektrolitdagi zaryad tashuvchilarning elektrofizik parametrlarini temperaturaga bog‘liqiligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega TiO2 asosli Li-polimer batareya uchun elektrolitni yangi turlarini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va Li-polimer batareyaning elektrolitini ion o‘tkazuvchanligi σ, zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi n, harakatchanligi μ, diffuziya koeffisienti D aniqlangan;
ilk bor polimetilmetakrilat polimer asosli tarkibida litiy trifilumetansulfonat hamda yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega 〖TiO〗_2 bo‘lgan Li-polimer batareyani Respublikamizning iqlim sharoitida foydalanish maqsadida, haroratning -30÷100°S intervalida elektrolitlarning turg‘un holatda ishlashi aniqlangan;
ilk bor tarkibida yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega TiO2 bo‘lgan Li-polimer batareyaning elektrolit tarkibidagi tuzning konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan erkin ionlar konsentratsiyasi 100 marta, diffuziya koeffisienti 10 marta hamda samaradorligi sezilarli darajada o‘zgarishi aniqlandi, batareyaning sig‘imi, zaryadlanish hamda zaryadsizlanishda 70% o‘zgarishi aniqlangan;
yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega TiO2 asosli tarkibida litiy trifilumetansulfonat hamda 〖TiO〗_2 tuzlari bo‘lgan Li-polimer batareyaning 50 siklda stabil ishlash rejimi aniqlandi hamda batareya elementlari: katod, anod hamda elektrolitlarni tayyorlashning texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida yarimo‘tkazgich hususiyatiga ega TiO2 bo‘lgan elektrolit asosli Li-polimer batareyalari elektrolitlarining elektrofizik xarakteristikalari va ularni tayyorlash texnologiyasi hamda batareyaning zaryadlanish-zaryadsizlanish sikli, ishlash kuchlanishi, sig‘imini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
elektrokimyoviy impedans spektroskopiya usulidan yarimo‘tkazgichli elektrolitlar, kondensatlangan tuzlar, ion o‘tkazuvchi polimerlar va batareyaning ishlash kuchlanishi va ulardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi, harakatchanligi hamda diffuziya koeffisientni hisoblash «Foton» aksiyadorlik jamiyatida quyosh elementlarining batareya namunalari ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 21-iyuldagi 04-3/922 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Li-polimer batareyalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgich hossasiga ega bo‘lgan elektroliti tarkibida polimetilmetakrilat asosli polimer etilin korbanat hamda litiy turifulumetansulfanat tuzlari, 〖TiO〗_2 bo‘lgan elementlarining aniqlangan elektrofizik hususiyatlarini 〖TiO〗_2 konsentrasiyasiga va temperaturaga bog‘liqligi “EXTRA PRIMER BAT” MChJ da qattiq polimer elektrolit va katodning tayyorlash texnologiyasi hamda umumiy Li-polimer batareyani elektrofizik parametrlari tadqiq etilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2023 yil 21 iyuldagi 04-3/922 son ma’lumotnomasi).  Ulardan yangi turdagi Li-polimer batareyani yaratish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgichli Li-polimer batareyalarini elektrofizik parametrlarini elektrokimyoviy impedans spektroskopiya, zaryad tashuvchilar ulishi, chiziqli voltemetriya usullardan foydalanib aniqlash imkonini bergan (Malayziya respublikasining Malaya universiteti 2023-yil 5-oktyabrdagi C.I.U.M/05102023 (R) sonli ma’lumotnomasi). Natijada yarimo‘tkazgich xossasiga ega TiO2 elektrolitni ishlash kuchlanishi oshdi, shuningdek Li-polimer batareyaning tayyorlash texnologilarini yaratish imkoniyatiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish