Erkaboev Oybek Muxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarni armiya safida xizmat qilishga tayyorlash bosqichida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik integratsiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped.4249.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Dadabaev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Yarashev Komil Dexkanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini armiya safida xizmat qilishga tayyorlash bosqichida jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturini takomillashtirish uchun maxsus mashqlarni barcha komponentlarini gormonik tarizda qo‘shib olib borishga qaratilgan “KK+JT”(kuchli va kuchsiz jismoniy tayyorgarligini) paralellogram tabaqalashtirish hisobiga armiya safiga tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan;
o‘smirlarning akseleratsiya (o‘smirlarning o‘sish va jismoniy rivoglanishini tezlashish) jarayoni umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligni oshirishga qaratilgan (50/50) avtamat maketi va protivagaz bilan baland-past joylarda yugurishga qaratilgan yaqinlashtiruvchi ixtisoslashgan tezkorlikni talab etuvchi estafeta mashqlarni ko‘plab muskul apparatlarini ishlatish orqali obsalyut intensivligini barqaror o‘zaro birlashtirib qo‘llash hisobiga ularning jismoniy yuklamalari optimallashtirilgan;
o‘smirlarning mentorlik (o‘quvchilarni jismoniy salohiyatini maksimal darajada oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va motivatsiya berish) qobiliyatlarini rivojlanish imkoniyatlarini oshirish uchun jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlarini (M+3) integrativ ma’lumotlarda majmuaviy vazifalar berish orqali tez o‘zlashtirish va umumiy tayyorgarlik orentatsiyasini mentorlik qobiliyatini ta’minlovchi integratsiyalangan mashg‘ulotlarni rejalashtirish hisobiga harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasi yaxshilangan;
yuqori sinf o‘quvchilarini armiya safida xizmat qilishga tayyorlashda jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘rtasida o‘zaro integratsiya qiluvchi jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan model (o‘smirlarni armiyaga tayyorlashda) yetakchi fazilatlarni rivojlantirishga imkon beradigan innovatsion kombayn usulida to‘lqinsimon qo‘llash hisobiga jismoniy sifatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini armiya safida xizmat qilishga tayyorlash bosqichida jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqodlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturini takomillashtirish uchun maxsus mashqlarni “KK+JT” (kuchli va kuchsiz jismoniy tayyorgarligini) paralellogram tabaqalashtirish mashg‘ulotlarida integratsiyalangan ta’lim berish bo‘yicha tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan 300237 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilar jismoniy sifatlarining rivojlantirish darajasi 11,5% ga yaxshilangan;
o‘smirlarning akseleratsiya (o‘smirlarning o‘sish va jismoniy rivoglanishini tezlashish) jarayoni umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligni oshirishga qaratilgan (50/50) avtamat maketi va protivagaz bilan baland-past joylarda yugurishga qaratilgan yaqinlashtiruvchi ixtisoslashgan tezkorlikni talab etuvchi estafeta mashqlarni o‘zaro birlashtirib qo‘llash uslubi Farg‘ona shahar 3,4,6,10-sonli umumta’lim maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 23-noyabrdagi 01/11-01/11-1766-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi 18,4% ga oshirilgan;
o‘smirlarning mentorlik (o‘quvchilarni jismoniy salohiyatini maksimal darajada oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va motivatsiya berish) qobiliyatlarini rivojlanish imkoniyatlarini oshirish uchun jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlarini (M+3) korrelyasion tahlil (turli omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash) qilish metodi asosida integrativ ma’lumotlarni tez o‘zlashtirish va umumiy tayyorgarlik orentatsiyasini ta’minlovchi integratiyalangan mashg‘ulotlarni olib boorish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan 300237 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarining tezkor-kuch sifati 8,4% ga oshirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini armiya safida xizmat qilishga tayyorlashda jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘rtasida o‘zaro integratsiya qiluvchi jismoniy tayyorgarlik uchun ishlab chiqilgan model (o‘smirlarni armiyaga tayyorlashda) innovatsion kombayn usulida to‘lqinsimon qo‘llash hisobiga Andijon viloyati Marxamat tumanidagi 3-IDUMda hamda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 21-24-maktablar va Chust tumani 27-umumta’lim maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 23-noyabrdagi 01/11-01/11-1766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chidamlilik jismoniy sifati 15,1% ga yaxshilangan.