Murodova Muqadas Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Satiraning XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni (Ivlin Vo va  Abdulla Qahhor ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4675.
Ilmiy rahbar: To‘raeva Bahor Bahriddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zoxidjon Yaqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.                                                                                          
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ivlin Vo va Abdulla Qahhor ijodi misolida satiraning XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni va poetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek satirachiligining genezisi muammosiga jahon badiiy-falsafiy, ijtimoiy-madaniy tafakkuri negizida yondashgan holda, satirik asarlarda g‘oya va mavzu maydonining kengayishi, ijtimoiy, ma’naviy, didaktik masalalarga e’tiborning kuchayishi, satirik va ayni paytda falsafiy allegorik asarlarning yaratilishi, hayot mazmunini falsafiy mushohada etish kabi XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotiga xos satirik an’analar tipologiyasi ishlab chiqilgan;    
“satirik modus” termini mohiyatining kinoya, yumor, sarkazm ilmiy kategoriyalarining badiiylik moduslari nazariyasi doirasidagi tahlili negizida Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning satirik mahorati hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni asosida dalillangan;
Ivlin Vo va Abdulla Qahhor hikoyalarida satirani yuzaga keltiruvchi kulgi, kinoya, sarkazm va masxara singari adabiy-estetik unsurlarni aniqlash asosida satirik qahramon badiiy modelining real voqelik – ijodkor – badiiy asar triadasida shakllanish tamoyillari mualliflar g‘oyasining mantiqiyligi, ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida ochib berilgan;
mavzu, g‘oya va obrazning umumlashma hamda tipik jihatlari, xarakterning satirik ifodasi, badiiy detalning ahamiyati kabi satiraning poetik xususiyatlarini dalillash negizida kompozisiya va syujet, satirik obrazlar mushtarakligi, ma’nan qaramlik g‘oyasi, satirani yuzaga keltiruvchi motivlar, satirik hikoyada badiiy detaldan foydalanish kabi satirik hikoya tipologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning hikoyalari  misolida XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida satiraning o‘ziga xos o‘rnini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek satirachiligining genezisi muammosiga jahon badiiy-falsafiy, ijtimoiy-madaniy tafakkuri negizida yondashgan holda, satirik asarlarda g‘oya va mavzu maydonining kengayishi, ijtimoiy, ma’naviy, didaktik masalalarga e’tiborning kuchayishi, satirik va ayni paytda falsafiy allegorik asarlarning yaratilishi, hayot mazmunini falsafiy mushohada etish kabi XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotiga xos satirik an’analar tipologiyasi ishlab chiqilganiga oid nazariy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 4-yanvardagi 3/1-son ma’lumotnomasi). Natijada satira genezisi va xalq og‘zaki ijodida  satirik obrazlarning o‘ziga xos xususiyatlari talqini borasidagi mulohazalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
“satirik modus” termini mohiyatining kinoya, yumor, sarkazm ilmiy kategoriyalarining badiiylik moduslari nazariyasi doirasidagi tahlili negizida Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning satirik mahorati hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni asosida dalillanganiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” to‘garagi faoliyatida va adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining 2023-yil 3-apreldagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, shuningdek, Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning satirik qahramon yaratish mahorati bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Ivlin Vo va Abdulla Qahhor hikoyalarida satirani yuzaga keltiruvchi kulgi, kinoya, sarkazm va masxara singari adabiy-estetik unsurlarni aniqlash asosida satirik qahramon badiiy modelining real voqelik – ijodkor – badiiy asar triadasida shakllanish tamoyillari mualliflar g‘oyasining mantiqiyligi, ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida ochib berilganiga oid nazariy xulosalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022-2023-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan IL-531212015 raqamli “Turkiston muxtoriyati tarixini yorituvchi www.muxtoriyat.uz elektron platforma va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 12-apreldagi 05-547-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning satirik hikoyalaridagi milliy va umumbashariy mavzular, asarlarining axloqiy-falsafiy, ma’rifiy-didaktik, badiiy xususiyatlari tadqiqi borasidagi yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
mavzu, g‘oya va obrazning umumlashma hamda tipik jihatlari, xarakterning satirik ifodasi, badiiy detalning ahamiyati kabi satiraning poetik xususiyatlarini dalillash negizida kompozisiya va syujet, satirik obrazlar mushtarakligi, ma’nan qaramlik g‘oyasi, satirani yuzaga keltiruvchi motivlar, satirik hikoyada badiiy detaldan foydalanish kabi satirik hikoya tipologiyasi  yaratilishiga doir xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilning 31-mart kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-apreldagi 01-07/139-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan ma’lumotlar tomoshabinlarning kitobxonlikka ishtiyoqini kuchaytirishga, Ivlin Vo va Abdulla Qahhor satirik hikoyalarida inson – oila – jamiyat triadasining aks ettirilishiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish