Boymurodov Janon Komiljonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03– Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt.3411.
Ilmiy maslahatchi: Nasimov Dilmurod Abdulloevich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isakov Musoxon Yusupdjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion salohiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli tarkibiy bo‘linmalarning samarali va o‘zaro ta’siri doirasida bozor ehtiyojlariga javob beradigan, resurslardan samarali foydalanib hamda rentabilligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qila olish darajasi innovatsion salohiyat, jozibadorlik va risk omillarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda innovatsion loyihalar tavsifiga muvofiq keluvchi «yuqori ahamiyatli» (QQya ≥ 0,6), «ahamiyatli» (QQa ≥ 0,5), «o‘rta ahamiyatli» (QQo‘a ≥ 0,35), «past ahamiyatli» (QQpa ≥ 0,1 - 0,15) darajalariga guruhlash orqali innovatsiyalarni rag‘batlantirishning samarali vosita va dastaklarini ta’minlash asoslangan;
sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda venchur kapital (Vk = 0,11), inson kapitali (Ik=0,13), innovatsion texnologiyalar (It = 0,18) va natijalar (In = 0,13), ilmiy ishlanmalar (Iish = 0,15), raqamli texnologiyalar (Rt = 0,11) omillari o‘rtasidagi maqbul nisbatni belgilash orqali innovatsion salohiyat darajasini oshirish asoslangan;
Samarqand viloyati sanoat koroxonalari innovatsion salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2027-yilga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion salohiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli tarkibiy bo‘linmalarning samarali va o‘zaro ta’siri doirasida bozor ehtiyojlariga javob beradigan, resurslardan samarali foydalanib hamda rentabilligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qila olish darajasi innovatsion salohiyat, jozibadorlik va risk omillarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish taklifi “Global iqtisodiy rivojlanish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2021-yil 30-noyabrdagi 5-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda innovatsion salohiyat, jozibadorlik va risk omillarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan “innovatsion salohiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkonini bergan;
sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda innovatsion loyihalar tavsifiga muvofiq keluvchi «yuqori ahamiyatli» (QQya ≥ 0,6), «ahamiyatli» (QQa ≥ 0,5), «o‘rta ahamiyatli» (QQo‘a ≥ 0,35), «past ahamiyatli» (QQpa ≥ 0,1 - 0,15) darajalariga guruhlash orqali innovatsiyalarni rag‘batlantirishning samarali vosita va dastaklarini ta’minlash taklifi “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-maydagi 9/105-30-8451-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish tadbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy samarani 20,0 %ga oshirish imkonini berdi;
sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholashda venchur kapital (Vk = 0,11), inson kapitali (Ik=0,13), innovatsion texnologiyalar (It = 0,18) va natijalar (In = 0,13), ilmiy ishlanmalar (Iish = 0,15), raqamli texnologiyalar (Rt = 0,11) omillari o‘rtasidagi maqbul nisbatni belgilash orqali innovatsion salohiyat darajasini oshirish taklifi “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-maydagi 9/105-30-8451-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish tadbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy samarani 30,0 %ga oshirish imkonini bergan;
Samarqand viloyati sanoat koroxonalari innovatsion salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-maydagi 9/105-30-8451-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish 2027-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish 2024-yilga nisbatan o‘sishi va tarkibining takomillashtirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;