Djalilov Alisher Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Amlodipin besilat va enalapril maleat tabletkalari texnologiyalarini takomillashtirish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Far59.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Vosiljon Rasulovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mirakilova Dilfuza Botiralievna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amlodipin 5,0 mg va 10,0 mg, shuningdek enalapril 2,5 mg, 5,0 mg va 10,0 mg tabletkalari uchun optimal tarkiblarni tanlash va takomillashtirilgan ratsional texnologiyalarini ishlab chiqish hamda mahalliy farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba turli korxonalari tomonidan ishlab chiqarilib, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan amlodipin va enalapril substansiyalarining strukturaviy-mexanik va texnologik xossalari taqqosiy aniqlanib, dorivor substansiyalarning texnologik xossalari bilan zarrachalarning shakli va o‘lchamlari o‘rtasida bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor enalapril va amlodipin tabletkalarining presslanadigan massalarini tayyorlashda qo‘llanilgan yordamchi moddalar majmuasining massaning texnologik ko‘rsatkichlariga va tayyor mahsulot sifatiga ta’siri aniqlangan;
tanlab olingan yordamchi moddalar majmuasidan foydalangan holda amlodipin 5,0 mg va 10,0 mg hamda enalapril 2,5 mg, 5,0 mg va 10,0 mg tabletkalarini nam donadorlash usulida olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
amlodipin va enalapril tabletkalarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlanib, amaldagi me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Amlodipin besilat va enalapril maleat tabletkalari texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Amlodipin - NIKAPHARM» 5 mg va 10 mg tabletkalari uchun me’yoriy hujjat O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (ND 42 Uz-12127-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 03962/11/21). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi yuqori samarali gipotenziv ta’sirga ega dori preparatlari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Enalapril - NIKAPHARM» 2,5 mg; 5 mg; va 10 mg tabletkalari uchun me’yoriy hujjat O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (ND 42 Uz-6524-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 01262/01/17). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi arterial gipertenziyani davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalari nomenklaturasini kengaytirish imkonini bergan.