Shoymardonov Orziqul Jo‘ra o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining biznes ekotizimini rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3009 .
Ilmiy rahbar: Baymuratov Tursunboy Mahkambaevich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining biznes ekotizimini rivojlantirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank yagona ekotizimi doirasida mijozlarga individual shart-sharoitlarni yaratib xususiy yondashuv orqali yangi bank xizmatlarini joriy qilish yo‘li bilan bank daromadini 5 foizgacha oshirish imkoniyati asoslab berilgan;
tijorat banklarining ekotizimlarini innovatsion echimlar asosida ikki guruhga bank mahsulot (product-based ecosystems) va bank platforma (platform-based ecosystems) ekotizimlariga ajratish orqali bank ekotizimini samaradorligini oshirish asoslab berilgan;
tijorat banklarida mijozlarning to‘lov qobiliyatini baholash uchun ularning bank kartasi aylanmasi, ijara va kommunal to‘lovlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ham inobatga oluvchi “skoring” tizimini kengaytirish taklif etilgan.
tijorat banklarida mavjud bankomatlardan samarali foydalanish maqsadida yirik naqd milliy va chet el valyutalarini turli nominallardagi banknota va tangalarga maydalab berish tartibi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining biznes ekotizimini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank yagona ekotizimi doirasida mijozlarga individual shart-sharoitlarni yaratib xususiy yondashuv orqali yangi bank xizmatlarini joriy qilish yo‘li bilan bank daromadini 5 foizgacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Kengashining 2022-yil 20-dekabrdagi №18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2023 yil uchun Bank rivojlantirish strategiyasida”da inobatga olingan. (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 7-martdagi 04-16/7504-son ma’lumotno-masi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning mijozlar soni 301 taga ortishiga va bank daromadlari 1,5 mlrd. so‘mga oshirishga xizmat qilgan;
tijorat banklarining ekotizimlarini innovatsion echimlar asosida ikki guruhga bank mahsulot (product-based ecosystems) va bank platforma (platform-based ecosystems) ekotizimlariga ajratish orqali bank ekotizimini samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Kengashining qarori bilan tasdiqlangan “2023-yil uchun biznes reja”da inobatga olingan. (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 7-martdagi 04-16/7504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yagona ekotizim yaratilgan va bu xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;
tijorat banklarida mijozlarning to‘lov qobiliyatini baholash uchun ularning bank kartasi aylanmasi, ijara va kommunal to‘lovlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ham inobatga oluvchi “skoring” tizimini kengaytirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda inobatga olingan. (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 7-martdagi 04-16/7504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida bank tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlashda ularning to‘lov qoliyatini kengroq tahlil qilish imkoniyati oshirilgan va shu bilan birga berilgan kreditlarning qaytarilishi bilan bog‘liq risklar minimallashtirilish imkoniyatini bergan;
tijorat banklarida mavjud bankomatlardan samarali foydalanish maqsadida yirik naqd milliy va chet el valyutalarini turli nominallardagi banknota va tangalarga maydalab berish tartibi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Kengashining qarori bilan tasdiqlangan “2023-yil uchun Biznes reja”da inobatga olingan. (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 7-martdagi 04-16/7504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida, bank mavjud bo‘lgan bankomatlardan samarali foydalanish darajasi oshib 2023-yilda bankomatlardan ko‘rilgan daromad 103,0 mln. so‘mga oshishiga erishilgan.