Karimova Zulfizar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda matematika fakulteti talabalarining nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1650.
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Urazbaev Xikmatullo Ismatullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matematika fakulteti 1-kurs talabalariga ingliz tilini o‘qitishda og‘zaki nutq kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasini oshirishga mo‘ljallangan matematika fanlari bo‘yicha kasbiy terminlardan foydalanish asosida faol so‘z boyligini kengaytirishga ko‘maklashuvchi podkast va videokastlarning metodik korpusi yaratilgan;
talabalarning ingliz tili bo‘yicha og‘zaki nutq kompetensiyasi samarador audio va videomateriallar tanlovida kontentga yo‘naltirilgan yondashuv asosida optimallashtirilgan podkasting va videokasting usullari orqali takomillashtirilgan;
talabalarning o‘quv faolligini oshirish vositasi sifatida fasilitatsiyadan foydalanish uchun barqaror sharoitlar mavjudligi, fasilitatsiya usullarini qo‘llash tajriba natijalari va talabalarning o‘quv faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi isbotlangan;
talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatida “Mathcass” elektron veb-platformasidan foydalanish ularning kasbiy-ijodiy faolligini oshirishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda matematika fakulteti talabalarining og‘zaki nutq kompetensiyasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy, uslubiy va amaliy natijalar asosida:
talabalarning kasbiy va ijodiy faolligini oshirish maqsadida “Mathcass” veb-platformasidan foydalanish asosida matematika fakulteti talabalarining ingliz tilini o‘qitishda og‘zaki nutq (tinglash va gapirish) kompetensiyasini oshirish bo‘yicha shakllantirilgan uslubiy tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan 1-0T-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika-matematika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 5-iyuldagi 01/15-09/147-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-nazariy xulosalar loyiha doirasida yaratilgan yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
matematika fakulteti talabalarining og‘zaki nutqi kompetensiyasini oshirishga qaratilgan podkasting va videokasting usulini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi autentik matnlar, audio va videomateriallarni tanlashda kontentga yo‘naltirilgan yondashuv mezonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2016-2017-yillarda amalga oshirilgan “MUZ-2015-0908164325 “Kommunikativ-kumulyativ metod asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 5-iyuldagi 01/15-09/147-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan autentik matnlar, audio va video materiallarni tanlash mezonlari takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda matematika fakulteti 1-kurs talabalarining ingliz tilidagi nutqiga o‘zbek tilining interferensiyasi natijasida yuzaga keladigan nutqiy xatolarning tasnifi matematikaga oid terminlarning inglizcha-o‘zbekcha mosligi, matematik tushunchalar va geometrik figuralar izohi, shuningdek, talaffuz va tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar hisobga olingan holda amalga oshirilgani borasidagi mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan Radiotexnika qo‘shinlari GVM o‘quv-terminologik lug‘atining “Erudit” yopiq fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 10/1146-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-terminologik lug‘at mazmun-mundarijasiga ko‘ra boyitilgan;
talabalarning kasbiy va ijodiy faolligini oshirish maqsadida “Mathcass” veb-platformasidan foydalangan holda ingliz tilini o‘qitishda matematika fakulteti talabalarining nutqiy kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-2023-yillardagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-iyuldagi 04-36-1058-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar mazmuni matematika fakultetlari talabalarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyani takomillashtirish muammosiga oid yangicha qarashlar bilan boyitilgan.