Fayzullaeva Gulchexra Sharipboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qituvchi kasb standartini amaliyotda qo‘llashning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish (P5BL yondashuvi misolida)”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped501.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mardanov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Allayarova Solixa Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
II.Tadqiqotning maqsadi P5BL yondashuvi misolida o‘qituvchi kasb standartini amaliyotda qo‘llashning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchi kasb standartining individual kasbiy rivojlanish strategiyasi sifatida uzlyuksiz ta’limdagi o‘rni ketma-ketlik, xolislik, manfaatdor tomonlar ishtiroki, qayta aloqa kabi tamoyillar hamda o‘zaro ta’sir jarayonlarining uzviyligi va uyg‘unligi asosida pedagogning o‘z faoliyatiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga bog‘liqlikda aniqlashtirilgan;
o‘qituvchi kasb standarti mazmuni pedagogik tadqiqotlarni kognitiv fanlar tutashish nuqtalarida o‘tkazish, bilish jarayonlarini faollashtirish, miya faoliyati haqidagi bilimlar evaziga pedagoglarning kuchli jihatlariga tayanadigan o‘qitish strategiyalari, metodikalari, uslublarini tanlash hamda konsultativ va innovativ faoliyatga turg‘un motivatsiyani shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini faollashtirish P5BL yondashuvining mavjud muammoni aniqlash, tushunish, metabilimlarga bog‘lash, echimga olib boruvchi loyihani yaratish, shaxsning individual-psixologik xususiyatlariga tayangan holda jarayon dinamikasini rostlash, kuzatish, bashoratlash hamda muayyan qiymatdagi jamoaviy mahsulot yaratish algoritmini ifodalaydigan integrativ xususiyatini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarga uzlyuksiz ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda P5BL yondashuvi asosida tizimli seminar va mahorat darslarini tashkil qilish konsepsiyasi joriy holatni baholash, kasbiy ehtiyojlarni tashxislash, harakatlar muvofiqligini tizimli ta’minlash kabi omillar mushtarakligida ishlab chiqilgan;
o‘qituvchi kasb standartini P5BL yondashuvi misolida amaliyotda qo‘llash mazmuni jamoaviy muhitni yaratish madaniyatini shakllantirish, ishtirokchilarning produktiv o‘zaro ta’sirini vujudga keltirish, o‘zgarishlarga sezgirlik, amaliyotga yo‘naltirilgan pozisiyani mustahkamlash omillari hamda kognitivlik, integrativlik, kollaborativlik, kommunikativlik mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
o‘qituvchi kasb standartining individual kasbiy rivojlanish strategiyasi sifatida uzlyuksiz ta’limdagi o‘rni ketma-ketlik, xolislik, manfaatdor tomonlar ishtiroki, qayta aloqa kabi tamoyillar hamda o‘zaro ta’sir jarayonlarining uzviyligi va uyg‘unligi asosida pedagogning o‘z faoliyatiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga bog‘liqlikda aniqlashtirishga doir takliflaridan XT-0-11142 – “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yoʻnalishlarini joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 12-iyundagi 04-02/3-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini tuzish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishda kasb standartining amaliy ahamiyatini aniqlash imkonini bergan;
o‘qituvchi kasb standarti mazmuni pedagogik tadqiqotlarni kognitiv fanlar tutashish nuqtalarida o‘tkazish, bilish jarayonlarini faollashtirish, miya faoliyati haqidagi bilimlar evaziga pedagoglarning kuchli jihatlariga tayanadigan o‘qitish strategiyalari, metodikalari, uslublarini tanlash hamda konsultativ va innovativ faoliyatga turg‘un motivatsiyani shakllantirish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITIning “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 12-iyundagi 04-02/3-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv strategiyalar asosida o‘qituvchilar kasbiy-pedagogik faoliyatini tashkillashtirishning o‘ziga xos metodologik, nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashga erishilgan;
o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini faollashtirish P5BL yondashuvining mavjud muammoni aniqlash, tushunish, metabilimlarga bog‘lash, echimga olib boruvchi loyihani yaratish, shaxsning individual-psixologik xususiyatlariga tayangan holda jarayon dinamikasini rostlash, kuzatish, tasniflash, tahlillash, bashoratlash hamda muayyan qiymatdagi jamoaviy mahsulot yaratish algoritmini ifodalaydigan integrativ xususiyatini belgilash asosida aniqlashtirishga doir takliflaridan I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 12-iyundagi 04-02/3-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini faollashtirishda integrativ talablarni ifodalovchi algoritmni belgilash imkoni yaratilgan;
o‘qituvchilarga uzlyuksiz ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda P5BL yondashuvi asosida tizimli seminar va mahorat darslarini tashkil qilish konsepsiyasi joriy holat tahlili, kasbiy ehtiyojlarni tashxislash, muammolarni bir butunlikda ifodalash, strategiyani aniqlash, ilmiy-amaliy, o‘quv-metodik tadbirlarni tizimlashtirish, harakatlar muvofiqligini ta’minlash kabi omillar mushtarakligida ishlab chiqishga hamda o‘qituvchi kasb standartini P5BL yondashuvi misolida amaliyotda qo‘llash mazmuni jamoaviy muhitni yaratish madaniyatini shakllantirish, ishtirokchilarning produktiv o‘zaro ta’sirini vujudga keltirish, o‘zgarishlarga sezgirlik, amaliyotga yo‘naltirilgan pozisiyani mustahkamlash omillari hamda kognitivlik, integrativlik, kollaborativlik, kommunikativlik mezonlariga bog‘liqlikda takomillashtirishga doir takliflaridan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 12-iyundagi 04-02/3-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishda P5BL yondashuvining kognitiv-funksional modelini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish