Eshanova Dauletbike Ametbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Investisiyon faoliyatni sug‘urtalashni fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu424.
Ilmiy rahbar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor; Maxmudov Dilmurod Rozmetovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda investisiya faoliyatini sug‘urtalashni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi muammolarini baholash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday sug‘urta tashkilotida sug‘urta himoyasiga bo‘lgan huquqdan foydalanishi, investisiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligi asoslantirilgan;
investisiyalarni sug‘urtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan mulkning rekvizisiya (ekspropriatsiya) qilinishini, chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar joriy etishni, davlat organlarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini, urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga o‘xshash voqealarni, investorlar va chet el investisiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va o‘zga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini o‘z ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sug‘urta himoyasini hamda kafolatlarini ta’minlash asoslangan;
«O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investisiyalarni kompleks sug‘urta himoyalash asoslantirilgan;
«O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari, sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan tijorat va siyosiy xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya faoliyatini sug‘urtalashni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday sug‘urta tashkilotida sug‘urta himoyasiga bo‘lgan huquqdan foydalanishi, investisiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 50-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 30-sentyabrdagi 27-son dalolatnomasi). Ushbu taklif investorlarni sug‘urta himoyasiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga xizmat qilgan;
investisiyalarni sug‘urtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan mulkning rekvizisiya (ekspropriatsiya) qilinishini, chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar joriy etishni, davlat organlarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini, urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga o‘xshash voqealarni, investorlar va chet el investisiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va o‘zga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini o‘z ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sug‘urta himoyasini hamda kafolatlarini ta’minlashiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 50-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 30-sentyabrdagi 27-son dalolatnomasi). Ushbu taklif investorlarni sug‘urta himoyasiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga xizmat qilgan;
«O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investisiyalarning kompleks sug‘urta himoyasiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son qarori ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2021-yil 25-sentyabrdagi 12/21-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investisiyalarning kompleks sug‘urta himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
«O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari, sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan tijorat va siyosiy xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son qarori ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2021-yil 25-sentyabrdagi 12/21-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif xorijiy mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan.