Baymuradova Sarvinoz Elmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda geografiyani masofaviy o‘qitishning ilmiy metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3535.
Ilmiy rahbar:     geografiya fanlari doktori, dotsent Alimkulov Nusratulla Raxmankulovich.            
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor; Sulaymonova Dildora Nazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda geografiyani masofaviy o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya fanini masofaviy o‘qitishda  talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish tendensiyalari tabiiy va virtual muhit shakllarini va muloqatni sintez qilish, bilimlarni mobillashtirish, interfaol mashqlar hamda internet texnologiyalaridan foydalanish barqarorligini refleksiv diagnostikalash  asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida geografiya fanini masofaviy o‘qitish mazmuni masofaviy ta’lim modellari (franchayzing va uzoqlashtirtilgan auditoriya) hamda kognitiv soha, kommunikativ daraja va talabalarning o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi omillarining o‘zaro bog‘liqligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
geografiya fanini masofaviy o‘qitishning pedagogik dasturiy imkoniyatlari bilish motivatsiyasini ketma-ketligini ta’minlash, korreksiya mezonlariga moslashtirish hamda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini kundalik faoliyatida qo‘llay olishga qaratilgan tadrijiylik prinsipi bo‘yicha aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy o‘qitishda talabalarning jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ta’lim olishga tayyorgarligini, axborot-kommunikativ kompetentlik darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlari talabalarda elektron axborot platformalaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning texnologik va refleksiv-baholash komponentlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oliy ta’lim muassasalarida geografiya fanini masofaviy o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
       geografiya fanini masofaviy o‘qitishda  talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish tendensiyalari tabiiy va virtual muhit shakllarini va muloqatni sintez qilish, bilimlarni mobillashtirish, interfaol mashqlar hamda internet texnologiyalaridan foydalanish barqarorligini refleksiv diagnostikalash  asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar PZ-2017927124 -  “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli  amaliy tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2946/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fanini masofaviy o‘qitishning samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida geografiya fanini masofaviy o‘qitish mazmuni masofaviy ta’lim modellari (franchayzing va uzoqlashtirtilgan auditoriya) hamda kognitiv soha, kommunikativ daraja va talabalarning o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi omillarining o‘zaro bog‘liqligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirish gaoid takliflar PZ-2017927124 - “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2946/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fanini masofaviy o‘qitish jarayonini elektron axborot ta’lim resurslari asosida tashkil etish imkoni oshirilgan;
geografiya fanini masofaviy o‘qitishning pedagogik dasturiy imkoniyatlari bilish motivatsiyasini ketma-ketligini ta’minlash, korreksiya mezonlariga moslashtirish hamda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini kundalik faoliyatida qo‘llay olishga qaratilgan tadrijiylik prinsipi bo‘yicha aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2946/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy geografik fanlarni masofaviy o‘qitish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari mazmunini kengaytirish hamda didaktik ta’minotini oshirish imkoni yaratilgan;
masofaviy o‘qitishda talabalarning jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ta’lim olishga tayyorgarligini, axborot-kommunikativ kompetentlik darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlari vositasida talabalarda elektron axborot platformalaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning texnologik va refleksiv-baholash komponentlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 - “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli  amaliy tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2946/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy o‘qitishda talabalarning elektron axborot ta’lim resurslaridan o‘quv-uslubiy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish