Xamroev Gayrat Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Maxsus avtotransport vositalarini tovarlar nomenklaturasi asosida avtomatlashtirilgan tasniflash tizimini ishlab chiqish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2847.
Ilmiy rahbarlar: Karimkulov Kurbonkul Mavlankulovich, texnika fanlari doktori, professor; Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduganiev Baxtiyor Yormaxamatovich, texnika fanlari doktori, professor; Temerbekova Barnoxon Maratovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus avtotransport vositalarini tovarlar nomenklaturasi asosida avtomatlashtirilgan tasniflash algoritmlari va tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlarni rasmiylashtirish jarayonida tovar kodi va boj stavkalarining o‘zaro mosligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishda TIF TNning 8704 tovar pozisiyasiga tegishli bo‘lgan maxsus avtotransport vositalarini tasniflashning sodda ilmiy-metodologik asoslari yaratilgan va samarali ekspress usullari sifatida 3 bosqichli toifalash usullari yaratilgan;
eksport qilinayotgan tashqi iqtisodiy faoliyatdagi 8704 tovar guruhidagi maxsus avtotransport vositalari uchun yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan;
axborotning muhim belgilarini aniqlashda atama-belgilarning paydo bo‘lishining aprior ehtimoli haqidagi ma’lumotlarga asoslangan lingvostatistik usullar asosida TIF TN kodini avtomatik aniqlashning matematik va algoritmik ta’minoti yaratilgan;
bojxona faoliyati tezkorligi va ish unumdorligini oshirish, inson omili tufayli yuzaga keladigan xatolarni bartaraf etish imkonini beruvchi, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida maxsus avtotransport vositalarini TIF TN bo‘yicha tasniflashning texnik echimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maxsus avtotransport vositalarini TIF TN asosida avtomatlashtirilgan tasniflash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus avtotransport vositalari TIF TNga muvofiq ayrim parametrli bir xil va aksincha bo‘lgan texnik parametrlari bo‘yicha unikal kod raqamlarini bir-biridan farqlaydigan mezonlari 3 bosqichli toifalash usuli oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 23 avgustdagi 4/17-23/08-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovarlarning optimal kod raqamlarini bir-biridan farqlaydigan 3 bosqichli toifalash usulida identifikatsiya qilish imkonini bergan;
maxsus avtotransport vositalarining faqat siqishdan alangan oluvchi porshenli ichki yonuv dvigatel (dizel yoki yarim dizel)ga ega to‘liq massasi 20 tonnadan ko‘p bo‘lgan yangi avtomobil-samosvallar (yo‘lsizlikda ishlash uchun mo‘ljallangan avtomobil-samosvallardan tashqari) uchun – 8704 23 920 3 kod raqami bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi 2023-yil 13-iyuldagi 17/05-23-0480-son ma’lumotnoma). Natijada, alangan oluvchi porshenli ichki yonuv dvigatel (dizel yoki yarim dizel)ga ega to‘liq massasi 20 tonnadan ko‘p bo‘lgan yangi avtomobil-samosvallarni TIF TN boʻyicha toʻgʻri sinflash imkonini bergan.