Tuymachev Ulmasjon Abdumavlanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari va naysimon suyaklar o‘sish sohalarining holati», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3006.
Ilmiy rahbar: Tastanova Gulchehra Eshtaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Temirova Nazokat Rustamovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari va naysimon suyaklarning o‘sish sohalari holatini o‘rganish hamda jismoniy rivojlanishning morfometrik hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar asosida norma koridorlari takomillashtirilgan;
maktab o‘quvchilarida jadal o‘sish davrlari va naysimon suyaklarning 16 yoshdan keyin o‘sish imkoniyati, yosh va jins guruhiga qarab yillik o‘sishning ma’lum dinamikasi va siljishlari aniqlangan;
antropometrik ko‘rsatkichlarni mutanosib identifikatsiyalashda tana uzunligi, vazni va boshqa ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini yangicha varianti, tananing uzunasi, ko‘ndalang va aylana qismlarining mutanosib shakllanishi asoslangan;
maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining hozirgi natijalari asosida morfometrik parametrlar bo‘yicha jismoniy rivojlanishning yosh davriga xos akselleratsiya elementlari mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari va naysimon suyaklar o‘sish sohalarining holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Toshkent viloyatining qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar asosida norma koridorlari takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/49254/AF-son bilan tasdiqlangan «Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga doir tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 3136-10-133-TV/2023-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo‘limi bo‘yicha 17.10.2023 yil 403-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 26 avgustdagi 05/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining yoshi va jinsi bo‘yicha antropometrik parametrlarning siljishlari yangi norma koridorlari hisobiga  erta tashxislashga imkon yaratishi ilmiy asoslandi. Iqtisodiy samaradorligi: kelgusida iqtisodiy jihatdan qimmat diagnostik tekshiruvlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalarni erta aniqlash, o‘sish va rivojlanish bilan bog‘liq patologik holatlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarida jadal o‘sish davrlari va naysimon suyaklarning 16 yoshdan keyin o‘sish imkoniyati, yosh va jins guruhiga qarab yillik o‘sishning ma’lum dinamikasi va siljishlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/49254/AF-son bilan tasdiqlangan «Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga doir tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 3136-10-133-TV/2023-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo‘limi bo‘yicha 17.10.2023 yil 403-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 26 avgustdagi 05/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarida jadal o‘sish davrlari va naysimon suyaklarning 16 yoshdan keyin o‘sish imkoniyati, yosh va jins guruhiga qarab yillik o‘sishning ma’lum dinamikasi va siljishlari aniqlanganligi bolalarning jismoniy rivojlanishida  ijtimoiy islohotlarning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kelgusida iqtisodiy jihatdan qimmat diagnostik tekshiruvlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalarni erta aniqlash, o‘sish va rivojlanish bilan bog‘liq patologik holatlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: antropometrik ko‘rsatkichlarni mutanosib identifikatsiyalashda tana uzunligi, vazni va boshqa ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini yangicha varianti, tananing uzunasi, ko‘ndalang va aylana qismlarining mutanosib shakllanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/49254/AF-son bilan tasdiqlangan «Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga doir tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 3136-10-133-TV/2023-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo‘limi bo‘yicha 17.10.2023 yil 403-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 26 avgustdagi 05/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: antropometrik ko‘rsatkichlarni mutanosib identifikatsiyalashda tana uzunligi, vazni va boshqa ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini yangicha varianti, tananing uzunasi, ko‘ndalang va aylana qismlarining mutanosib shakllanishini asoslanganligi individual akselleratsiya va deselleratsiya holatlarini tavsiflash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kelgusida iqtisodiy jihatdan qimmat diagnostik tekshiruvlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalarni erta aniqlash, o‘sish va rivojlanish bilan bog‘liq patologik holatlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining hozirgi natijalari asosida morfometrik parametrlar bo‘yicha jismoniy rivojlanishning yosh davriga xos akselleratsiya elementlari mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/49254/AF-son bilan tasdiqlangan «Qishloq sharoitida yashovchi maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga doir tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 3136-10-133-TV/2023-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo‘limi bo‘yicha 17.10.2023 yil 403-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 26 avgustdagi 05/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilari antropometrik ko‘rsatkichlarining  hozirgi natijalari morfometrik parametrlar bo‘yicha  jismoniy rivojlanishning davrga xos akselleratsiya elementlari aniqlangan va bu hodisa bolalarda hayot sifati yaxshilanganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: kelgusida iqtisodiy jihatdan qimmat diagnostik tekshiruvlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalarni erta aniqlash, o‘sish va rivojlanish bilan bog‘liq patologik holatlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish