Utemuratova Gulshirin Najimatdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubiy Orolbo‘yi hududidagi mayda sutemizuvchilar faunasining bioxilma-xilligi (ekologiyasi, son dinamikasi, muhofaza qilish va oqilona foydalanish)”, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘ yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/V129.
Ilmiy maslahatchi: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi hududidagi mayda sutemizuvchilar faunasi bioxilma-xilligini monitoring qilish, ekologiyasini asoslash, son dinamikasini baholash, muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati sharoitida antropogen omillarning ta’siri ostida qolgan tabiiy hududlar aniqlangan va antropogen omillarning ta’sir ko‘lami ochib berilgan;
Ilk bor Janubiy Orolbo‘yi va Xorazm viloyati sharoitida Crocidura suaveolens va Diplomesodon pulchellum turlarining tarqalish ariallarining qisqarishi baholangan;
Ilk bor Janubiy Orolbo‘yi mayda sut emizuvchilar faunasining 4 oila va 17 turkum hamda 26 turga mansub bo‘lgan zamonaviy konspekti tuzilgan va ularning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan.
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida gidrorejim holatining keskin qisqarishi sababli Myocastor Coypus Mollina turlarining yo‘qolib keyishi va Microtus transcaspicus Satunin turning yashash nishalarining keskin qisqarishi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi keskin ekologik sharoitini hisobga olgan holda kemiruvchilarning yashash hududlarini aniqlash bo‘yicha qo‘llaniladigan xorijiy metodik tavsiyalar Janubiy Orolbo‘yi tabiiy-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda modifikatsiya qilingan;
Xorazm viloyati sharoitida asosan agrotsenozlardan iborat ekanligi va ushbu hududlarda kemiruvchilarning sinantrop va fakultativ sinantrop turlarining tarqalganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi hududidagi mayda sutemizuvchilar faunasining biologik xilma-xilligi (ekologiyasi, son dinamikasi, muhofaza qilish va oqilona foydalanish) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mayda sutemizuvchilar va ularning jamoalarining Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining turli landshaftlarida biotopik taqsimlanishi to‘g‘risidagi tavsiyalar mayda sutemizuvchilar faunasini inventarizatsiya qilish va Orolbo‘yi mintaqasi doirasida ularning hududiy dinamikasini ekologik-geografik tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amalyoatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 01/18-2488-son ma’lumotnomasi). Natijada, mayda sutemizuvchilar jamoalarining axborot xususiyatlaridan foydalangan holda atrof-muhitning landshaft-ekologik sharoitlari dinamikasi indikatsiasi va ekotizimlarning antropogen transformatsiya darajasini ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
mayda sutemizuvchilar mezofil turlarining ekologik nishalari va gidrologik rejim holatining ularning son dinamikasiga ta’sirini aniqlash, kemiruvchilar faunasi bilan suv obektlariining gidrologik rejimi omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekologik monitoring qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 08 sentyabrdagi 01/03-275-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi tabiiy ekotizimlarining o‘zgarishi sharoitida suv ekotizimlarining holatini yaxshilash, biologik resurslardan oqilona foydalanish va populyasiyalar dinamikasining suv muhiti omillariga bog‘liqligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi turli ekotizimlarida kemiruvchilarning fon turlarining ekologik nishalari parametrlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 09 dekabrdagi 01/06-3577-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, Janubiy Orolbo‘yi sharoitida tabiiy ekotizimlarga antropogen ta’sir ko‘rsatadigan mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Orolbo‘yi landshaftlarining ekologik makonida mayda sutemizuvchilarning dominant va fon turlarining ekologik nishalarini aniqlash parametrlari va kasalliklar tarqatish xususiyatlarini aniqlash bo‘icha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi amalyoatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘ liqni saqlash vazirligi 2023-yil 12-apreldagi 58-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tabiiy infeksiyalar o‘choqlari monitoringini optimallashtirish maqsadida ekotizimlarni indikatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va epidemiologik, epizootologik vaziyatning ilmiy asoslangan tezkor prognozini amalga oshirish imkonini bergan.