Turajonov Qodirjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rotorli sistemalar dinamikasini qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash usulini takomillashtirish”, 01.02.01 – Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari), 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM916
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: f.-m.f.n. dotsent. Sidikov Mansur Nosirovich, t.f.d, professor., akademik Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: f.-m.f.d., prof. N.A.Korshunova, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori. f.-m.f.d., kat.i.x.  B.E. Xusanov - Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida.
II. Tadqiqotning maqsadi rotorli sistemalar dinamikasini qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
statik balansirlanmagan rotorli sistemalarni avtobalansirlashda sodir bo‘ladigan mexanik jarayonlarni, rotorning aylanish o‘qini tebranma harakatlarida valning elastik va qovuqshqoq-elastik xususiyatlarini hisobga olib matematik model ishlab chiqilgan;
aylanish o‘qiga kichik burchak og‘ishi bilan joylashtirilgan statik balansirlanmagan ko‘p yo‘lakli ABUli rotorning harakat differensial tenglamalar sistemasi asosida valning qovushqoq-elastiklik xossalarini e’tiborga olgan holda matematik modeli ishlab chiqilgan;
aylanish o‘qiga kichik burchak og‘ishi bilan joylashtirilgan statik balansirlanmagan ko‘p yo‘lakli ABUli rotorning statsionar harakatini xususiy hollarda massa markazining koordinatalari, balansirlovchi sharchalarning halqa ichida joylashish burchaklari analitik ko‘rinishda aniqlangan;
katta burchak tezlikda harakatlanuvchi statik balansirlanmagan rotorga nisbatan aylanish o‘qiga ega bo‘lgan ABUli sistemani nostatsionar harakatiga tegishli xususiy hollar Maple dasturlash paketidan foydalanib Runge-Kutta sonli hisoblash usuli yordamida tekshirilgan va rotor massa markazining og‘ishi, balansirlovchi sharchalarnig halqa ichida joylashish burchaklari, halqa tekisligini rotor ko‘ndalang kesim tekisligiga nisbatan og‘ish burchagini chekli vaqt oralig‘idagi o‘zgarishlarining matematik modeli ishlab chiqilib olingan natijalar baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rotorli sistemalar dinamikasini qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
katta tezlikda harakatlanuvchi statik balansirlanmagan rotorli sistemalarni qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash, avtobalansirlashda sodir bo‘ladigan mexanik jarayonlarni matematik modellashtirish yordamida baholash algoritmlari Toshkent shahrida joylashgan “Toshkent GESlari kaskadi Oq tepa” UK 9-gidroelektrostansiyasi gidro-nasos agregatlari, turbo kompressorlari va boshqa turdagi qurilmalarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZBEKGIDROENERGO” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 3 oktyabrdagi № 02-28/2858 sonli ma’lumotnomasi). Natijada rotorning dinamikasini tekshirish, sistema konstruktiv parametrlarining turli qiymatlarida rotorning aylanish o‘qini tebranma harakatlarida valning elastik va qovushqoq-elastik xususiyatlarini inobatga olgan holda sonli tahlil etish imkoni yaratilgan.
Qo‘zg‘almas tayanchlarga o‘rnatilgan, statik balansirlanmagan rotorlarni avtobalansirlovchi uskuna yordamida balansirlash usuli “Toshkent shahar suv ta’minoti” Bo‘z-su to‘yintirish inshootida joylashgan «HOWDEN-SG52A-CVC» havo haydash agregat qurilmasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZBEKGIDROENERGO” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 3 oktyabrdagi № 02-28/2858 sonli ma’lumotnomasi). Natijada burchak tezlikni nostatsionar harakatida rotor aylanish o‘qining tebranish amplitudasi balansirlovchi sharchalar yordamida chegaralangan oraliqlarda o‘zgarib avtobalansirlovchi uskunali rotor, avtobalansirlovchi uskunasiz rotorli mexanizmlarga nisbatan mehnat samaradorligi 1.25 marta tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish