Ochilov Ilhom Sayitqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agroklasterlar faoliyati hisobi va samaradorligi tahlili metodologiyasini takomillashtirish»,08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”, 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Iqt337
Ilmiy maslahatchi: Isroilov Boxodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mavlonov Normo‘min Normamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agroklasterlar faoliyati hisobi va samaradorligi tahlili metodologiyasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ma’lum bir hududda joylashgan, bozor qonuniyatlari asosida hamkorlik qiladigan va bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazadigan, yagona qiymat zanjirida mahsulot yaratadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy darajani qamrab olishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroklasterlarning moliyaviy va tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bu boradagi mavjud metodologiyaga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati, moliyaviy natija va resurslar samaradorligi hamda resurslardan foydalanish, raqobatbardoshlik, bozordagi ulush, hamkorlikni mustahkamlash darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
xususiy kapital tarkibida maqsadli tushumlar hisobini takomillashtirish maqsadida 8821-“Texnika xarid qilishga subsidiyalar”, 8822-“Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga subsidiyalar”, 8823-“Erdan foydalanish va o‘zlashtirishga subsidiyalar” ishchi schyotlarini joriy etish orqali agroklasterlarda davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar ustidan nazorat o‘rnatish va moliyaviy hisobot axborotlarini to‘g‘ri shakllantirish asoslangan;
agroklasterlarda yuqori talabga ega qo‘shimcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni hisobini yuritishda 2311-“Konus tayyorlash xarajatlari”, 2312-“Qop tayyorlash xarajatlari”, 2313-“Sellofan paket ishlab chiqarish xarajatlari” ishchi schyotlarini joriy etish orqali agroklasterlarda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobining shaffofligini va mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishini ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari suv tejovchi texnologiyalarga investisiya jalb qilish hisobiga yalpi hosildorligi va samaradorlikni oshirish bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari integrallangan o‘zgaruvchan o‘rtacha qiymatlarning avtokorrelyatsiya modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agroklasterlar faoliyati hisobi va samaradorligi tahlili metodologiyasini takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ma’lum bir hududda joylashgan, bozor qonuniyatlari asosida hamkorlik qiladigan va bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazadigan, yagona qiymat zanjirida mahsulot yaratadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy darajani qamrab olishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan “Moliya asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-fevraldagi 45-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda yagona qiymat zanjirida mahsulot yaratadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy darajani qamrab olishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroklasterlarning moliyaviy va tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholash” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bu boradagi mavjud metodologiyaga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati, moliyaviy natija va resurslar samaradorligi hamda resurslardan foydalanish, raqobatbardoshlik, bozordagi ulush, hamkorlikni mustahkamlash darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan “Moliya asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-fevraldagi 45-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati, moliyaviy natija va resurslar samaradorligi hamda resurslardan foydalanish, raqobatbardoshlik, bozordagi ulush, hamkorlikni mustahkamlash darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan “agroklasterlarning moliyaviy va tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
xususiy kapital tarkibida maqsadli tushumlar hisobini takomillashtirish maqsadida 8821-“Texnika xarid qilishga subsidiyalar”, 8822-“Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga subsidiyalar”, 8823-“Erdan foydalanish va o‘zlashtirishga subsidiyalar” ishchi schyotlarini joriy etish taklifi to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasining 2023-yil 24-maydagi 02/22-378-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklasterlarda davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar ustidan samarali nazoratning o‘rnatish va moliyaviy hisobot axborotlarini to‘g‘ri shakllantirish imkoni yaratilgan;
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobini takomillashtirish maqsadida 2311-“Konus tayyorlash xarajatlari”, 2312-“Qop tayyorlash xarajatlari”, 2313-“Sellofan paket ishlab chiqarish xarajatlari” ishchi schyotlarini joriy etish taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasining 2023-yil 24-maydagi 02/22-378-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklasterlarda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobining shaffofliligini ta’minlash va mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari suv tejovchi texnologiyalarga investisiya jalb qilish hisobiga yalpi hosildorligi va samaradorlikni oshirish bo‘yicha integrallangan o‘zgaruvchan o‘rtacha qiymatlarning avtokorrelyatsiya modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” Uyushmasining 2023-yil 24-maydagi 02/22-378-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklasterlar va ular tarkibidagi sub’ektlar moliyaviy-iqtisodiy faoliyati barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi hamda klasterlar faoliyati samaradorligini o‘rtacha 7 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan.