Raximov Abdulatif Abdimuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir boksilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P544.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Baxrom, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamolova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Abror O‘ralovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillarini aniqlashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillari bilan motivatsion xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirish natijasida, muvaffaqiyatga erishish motivi, ichki motiv hamda bilish motivi xususiyatlari regressiyalashgan sari, o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari salbiy jihatdan rivojlanishi isbotlangan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlarining shakllanishida irodaviy matonat, ichki motiv, bilish motivi, o‘z imkoniyatlarini baholash, natijalarning kutilganlik darajasi va tashabbuskorlik fazilatlarining ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs individual xususiyatlaridagi faoliyat va muloqotga yo‘nalganlik muhim psixologik determinant ekanligi asoslangan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlarining shakllanishida muvaffaqiyasizlikdan qochish, jur’atsizlik, tormozlanish kuchi, ijtimoiy ko‘mak, irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik va eksternallik singari psixologik birliklarning darajaviy ifodalanishi tufayli salbiy shaxs xususiyatlari destruktiv ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik modeli musobaqa jarayonida kognitiv xususiyatlardan kuzatuvchanlik, kuchli intuisiya, amaliy tafakkurning hissiy-irodaviy sifatlardan emosional intellekt, hissiy improvizasiya, matonatlilikning motivasion sohaga bog‘liq ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy va psixologik tayyorgarlik mezonlarini o‘zaro integrasiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  O‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillari bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillari bilan motivatsion xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirish natijasida, muvaffaqiyatga erishish motivi, ichki motiv hamda bilish motivi xususiyatlari regressiyalashgan sari, o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari salbiy jihatdan rivojlanishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-PM-175- son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- avgustdagi PM-175-a-son ma’lumotnomasi). Natijada muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik omillari bilan motivatsion xususiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yoritish imkoniyati yaratilgan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlarining shakllanishida irodaviy matonat, ichki motiv, bilish motivi, o‘z imkoniyatlarini baholash, natijalarning kutilganlik darajasi va tashabbuskorlik fazilatlarining ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs individual xususiyatlaridagi faoliyat va muloqotga yo‘nalganlik muhim psixologik determinant ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-PM-175-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- avgustdagi PM-175-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxs xususiyatlari va yo‘nalganligining ustuvor jihatlari aniqlashtirilgan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlarining shakllanishida muvaffaqiyasizlikdan qochish, jur’atsizlik, tormozlanish kuchi, ijtimoiy ko‘mak, irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik va eksternallik singari psixologik birliklarning darajaviy ifodalanishi tufayli salbiy shaxs xususiyatlari destruktiv ta’sirga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-PM-175-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- avgustdagi PM-175-a-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi psixologik jihatlarni aniqlashtirilgan;
o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik modeli musobaqa jarayonida kognitiv xususiyatlardan kuzatuvchanlik, kuchli intuisiya, amaliy tafakkurning hissiy-irodaviy sifatlardan emosional intellekt, hissiy improvizasiya, matonatlilikning motivasion sohaga bog‘liq ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy va psixologik tayyorgarlik mezonlarini o‘zaro integrasiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-PM-175 son buyrug‘i bilan “Sport psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- avgustdagi PM-175-a-son ma’lumotnomasi).   Natijada o‘smir bokschilarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanishining psixologik modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish