Mansurov Muxtorjon Toxirjonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘ildirakli traktorlarning oldi va orqasiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini agregatlashning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/T93.

Ilmiy maslahatchi: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi qoshidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor; Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor; Murodov Nusrat Murtazoevich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: “BMKB Agromash” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: traktorning oldi va orqa qismiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini g‘ildirakli traktorlar bilan energiya-resurstejamkorlik va ish unumi oshishini ta’minlaydigan bog‘lanish sxema va parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«push-pull» tizimidagi plug va g‘ildirakli traktordan tashkil topgan haydov agregatining to‘g‘ri chiziqli harakati ularning gorizontal tekislikdagi bog‘lanish sxema va parametrlari hamda plug oldingi va orqangi qismlari dala taxtalarining parametrlariga bog‘liqligi asoslangan;

«push-pull» tizimidagi plug oldingi va orqangi qismlarining belgilangan chuqurlikka botishi va shu chuqurlikda barqaror harakatlanishi ularning bo‘ylamatik tekislikda traktorlar bilan bog‘lanish sxema va parametrlariga bog‘liqligi asoslangan va ularning maqbul qiymatrlari aniqlangan;

«push-pull» tizimidagi plug bilan ishlayotgan traktorning oldingi va orqangi g‘ildiraklariga tushayotgan tik yuklanishlarni maqbul taqsimlanishi plugning oldingi va orqangi qismlariga o‘rnatiladigan korpuslar soniga bog‘liqligi asoslangan va ularning maqbul qiymatlari aniqlangan;

«push-pull» tizimidagi plug va kombinatsiyalashgan mashina ishchi qismlarining yuqori ish sifati va energiya-resurstejamkorlikni ta’minlaydigan maqbul parametrlari aniqlangan;

erlarga asosiy va ekish oldidan ishlov berishda energiya-resurstejamkorlikni va ish unumi ortishini ta’minlaydigan «push-pull» tizimidagi plug va kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘ildirakli traktorlarning oldi va orqasiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini agregatlashning ilmiy-texnik echimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

4-5 klassdagi g‘ildirakli traktorlarning oldi va orqa qismiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan plug va kombinatsiyalashgan mashina «Yangiyo‘l» va «Quyichirchiq» tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 oktyabrdagi 02/23-519-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir gektar erga sarflanadigan yonilg‘i va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni mos ravishda 2,5-4,2 kg ga va 11,5-36,8 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;

erlarga asosiy va ekish oldidan ishlov berishda texnologik jarayonlarni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga ishlab chiqilgan dastlabki talablar va g‘ildirakli traktorlarning oldi va orqa qismiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan plug va kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasini loyihalashga ishlab chiqilgan texnik topshiriq «Yangiyo’l-Agromash» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 oktyabrdagi 02/23-519-son ma’lumotnomasi). Natijada «push-pull» tizimidagi plug va kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

4-5 klassdagi g‘ildirakli traktorlarning oldi va orqa qismiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan plug va kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 oktyabrdagi 02/23-519-son ma’lumotnomasi). Natijada 4-5 klassdagi g‘ildirakli traktorlarning oldi va orqa qismiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan plug va kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;

tuproqqa ishlov berish mashinalarining bo‘ylamatik tekislikda traktor bilan o‘zaro maqbul bog‘lanishini ta’minlovchi analitik bog‘lanishlar va matematik ifodalardan QXF-2-001 raqamli «Tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlash chuqurligi barqarorligini ta’minlashning ilmiy asoslari» mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020 yy.) tayanch qurilmali va tayanch qurilmasiz tuproqqa ishlov berish mashinalari bilan erlarga ishlov berish jarayonida tuproqning namligi, qattiqligi, zichligi va boshqa xossalari hamda agregat harakat tezligining ular ish organlarining ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligiga ta’sirini  aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 27 oktyabrdagi FTA 02/11-951-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash tuproqqa ishlov berish mashinalarining belgilangan ishlov berish chuqurligiga botishi va shu chuqurlikda barqaror harakatini yuqori aniqlikda aniqlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish