Saatmurotov Shohrux Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3236.
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning mahalliy imkoniyatlardan foydalanish samarasi bo‘yicha past (islr - 21,1 %), tashqi kapital samarasi bo‘yicha o‘rta (isec - 38,9 %) optimal samara bo‘yicha yuqori (harmonized - 54,7 %) darajalarda baholash taklifi asoslangan;
mintaqada sanoat ishlab chiqarishni joriy imkoniyatlari, strategik hamkorligi va raqobatli xaridlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi sohaga ta’sir qiluvchi omillar asosida takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha tumanlar kesimida rivojlanishga muhtoj (Qiziriq t., Oltinsoy t., Angor t., Bandixon t., Boysun t.) kam rivojlangan (Qumqo‘rg‘on t., Sherobod t., Denov t., Termiz t., Uzun t., Muzrabod t.) va barqaror rivojlangan (Termiz sh., Jarqo‘rg‘on t., Sho‘rchi t., Sariosiyo t.) tumanlarga ko‘ra asoslanib, uni kompleks sonli ekonometrik modellar yordamida baholash taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati sanoati ishlab chiqarishini ssenariylariga ko‘ra optimal rivojlantirishning 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning ekonometrik modellarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning mahalliy imkoniyatlardan foydalanish samarasi bo‘yicha past (islr - 21,1 %), tashqi kapital samarasi bo‘yicha o‘rta (isec - 38,9 %) optimal samara bo‘yicha yuqori (harmonized - 54,7 %) darajalarda baholash taklifi Surxondaryo viloyati xokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 26-apreldagi 07-07/830-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqa sanoatini rivojlantirish startegiyasini takomllashtirish va viloyatda sanoat korxonalari faoliyatini optimallashtirish imkonini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada sanoat ishlab chiqarishni joriy imkoniyatlari, strategik hamkorligi va raqobatli xaridlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini sohaga ta’sir qiluvchi omillar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyati xokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 26-apreldagi 07-07/830-son ma’lumotnomasi). Taklif mahalliy sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini komleks tahlil qilish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha tumanlar kesimida rivojlanishga muhtoj (Qiziriq t., Oltinsoy t., Angor t., Bandixon t., Boysun t.) kam rivojlangan (Qumqo‘rg‘on t., Sherobod t., Denov t., Termiz t., Uzun t., Muzrabod t.) va barqaror rivojlangan (Termiz sh., Jarqo‘rg‘on t., Sho‘rchi t., Sariosiyo t.) tumanlarga ko‘ra asoslanib, uni kompleks sonli ekonometrik modellar yordamida baholash taklifi Surxondaryo viloyati xokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 26-apreldagi 07-07/830-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif rivojlanishga muhtoj tumanlarda sanoat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishda ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyati sanoati ishlab chiqarishini ssenariylariga ko‘ra optimal rivojlantirishning 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati xokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 26-apreldagi 07-07/830-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqani o‘rta va uzoq muddatda sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.