Jalov Xolmurod Hakimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi yo‘sintoifalari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B185.

Ilmiy rahbar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furkat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Jia Yu, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi o‘rta oqimi brioflorasining konspektini tuzish hamda uning ekologik va geografik xususiyatlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasidan yo‘sintoifalarning 2 ajdod,
11 qabila, 24 oila, 39 turkumga mansub 78 turi aniqlangan;

ilk bor O‘rta Osiyo brioflorasi uchun 2 ta yangi tur: Eurhynchium savatieri Schimp. ex Besch., Bryum terskeiense Par. aniqlangan;

ekologo-floristik birliklar asosida yo‘sintoifalar yashash joylarining 3 ta tipi ochib berilgan;

briofloraning namlikka munosabatiga ko‘ra, geografik elementlar va substratlarda taqsimlanishiga ko‘ra guruhlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi brioflorasi bo‘yicha  olingan natijalar asosida:

78 yo‘sin turlari tarqalishini aks ettiruvchiGAT xaritalari Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 maydagi 03-03/2604-son ma’lumotnomasi). Natijada 6 kamyob va O‘rta Osiyo brioflorasi uchun yangi bo‘lgan 2 tur tarqalgan hududlarni muhofaza qilish va ularni saqlab qolish imkonini bergan;

atmosfera havosi tarkibidagi metall ionlari miqdorini aniqlashda foydalaniladigan 9 ta indikator turlar ro‘yxati Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 maydagi 03-03/2604-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat hududlari atmosfera havosi tarkibidagi 7 ta metall ionlari, jumladan, Pb va Cd og‘ir metallari miqdorini yo‘sinlar orqali belgilash va ifloslangan hududlarni aniqlash imkonini bergan;

yo‘sinlarning 70 turga mansub 72 nusxa gerbariy namunalari Xitoy Fanlar akademiyasi Pekin Botanika instituti Xitoy Milliy gerbariysi kolleksiyasiga joriy etilgan (Xitoy Fanlar akademiyasining 2018 yil 20 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada Xitoy Milliy gerbariysining O‘rta Osiyo yo‘sinlari fondini boyitgan va yo‘sinlarni Markaziy Osiyo bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish