Yusupov Zulunjon Ziyoydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari” 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.4.PhD/Iqt1486
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rafikov Ikromjon Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent davlat agrar universiteti”
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Muqimov Zarif Majlisovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar joriy etilganlik darajasini texnik modernizatsiyalash sohasiga raqamli texnologiyalar uchun sarflangan investisiyalar ulushi, IT mutaxassislari ulushi va jami texnika vositalari tarkibida IT texnologiyalarga ega bo‘lgan texnikalar ulushi kabi indikatorlar orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv tavsiya qilingan;
agroklasterlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar mablag‘larini jalb qilish hamda sug‘urta tashkilotlari kafolatini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini lizing asosida texnik modernizatsiyalash mexanizmi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini sotish tizimida dilerlik punktlarini tashkil etish mexanizmi bo‘yicha tavsiya tayyorlangan;
ko‘p omilli ekonometrik model asosida qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalashning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash tizimini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan:
qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalash, texnika vositalarining yangilanib borish, texnika vositalari bilan ta’minlanganlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yangi texnika vositalaridan foydalanish darajalarini ifodalovchi koeffisientlar orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etishga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/34-05/2059-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik modernizatsiyalashganlik darajasini umumlashtiruvchi koeffisient birdan kichik, teng yoki katta bo‘lganda texnik modernizatsiya darajasi “past”, “me’yorda” va “yuqori” darajalarga mos me’zonlarda baholash imkonini berib, qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalash jarayonlarini 10-15 foizga soddalashtirishga asos yaratadi;
agroklasterlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar mablag‘larini jalb qilish va sug‘urta tashkilotlari kafolatini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini lizing asosida texnik modernizatsiyalash mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlarda joriy qilish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/34-05/2059-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmning amaliyotga joriy etilishi moliyaviy holati past bo‘lgan xo‘jaliklarni texnika sotib olish imkoniyatlarini 20-30 foizga oshirishga olib keladi;
qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, kredit, davlat-xususiy sherikligi hamda kooperatsiya asosida texnik modernizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etishga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/34-05/2059-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning joriy etilishi ishlab chiqaruvchilar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va ular tomonidan innovatsion texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlarini 15-20 foizga oshirishga olib keladi;
ko‘p omilli ekonometrik modelllar asosida qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiyalashning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etishga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/34-05/2059-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligini yuqori unumli va resurstejovchi texnika vositalari bilan ta’minlanganlik hamda ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajasini 15-20 foizga oshirish imkoniyati yaratiladi.