Xanaliev Botir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1805.
Ilmiy rahbar: Gadoev So‘hrob Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari kreditlarining daromadliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajasiga erishish (Rr.c=1,0%; Ss.f=1,25%), kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning jami daromadlar xajmidagi salmog‘ining me’yoriy darajasini (min 60%) ta’minlash yo‘li bilan kreditlarning barqaror daromadlilik darajasiga erishish taklifi asoslangan;
tijorat banklari yalpi daromadi tarkibida investisiya operatsiyalaridan olinadigan foizli daromadlarning barqaror ulushini ta’minlash yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olinadigan daromadlarning yillik o‘sish sur’atining maqbul darajasi (MD=73%-75%) chegarasi asoslangan;
belgilangan stavkaga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar bo‘yicha sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlash (Ms.f=4,5%), lahzali likvidlilik koeffisenti bo‘yicha me’yoriy darajasiga (Kl.l=10,0%) erishish orqali banklarning yalpi daromadi tarkibida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olingan daromadlarning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash tavsiya qilingan;
hissali ishtirok etish shaklidagi investisiyalardan olinadigan daromadlarning me’yoriy darajasiga erishish (Do.a=15%) va har bir xorijiy valyutadagi ochiq valyuta pozisiyasining yuqori me’yoriy darajasini ta’minlash yo‘li bilan (max 10,0%) foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari kreditlarining daromadliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajasiga erishish (Rr.c=1,0%; Ss.f=1,25%), kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning jami daromadlar xajmidagi salmog‘ining me’yoriy darajasini (min 60%) ta’minlash yo‘li bilan kreditlarning barqaror daromadlilik darajasiga erishish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 24 martdagi 24-04/937-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Aloqabank” foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlardan olingan foizli daromadlarning salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 8,2 foizli punktga oshgan;
tijorat banklari yalpi daromadi tarkibida investisiya operatsiyalaridan olinadigan foizli daromadlarning barqaror ulushini ta’minlash yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olinadigan daromadlarning yillik o‘sish sur’atining maqbul darajasi (MD=73%-75%) chegarasidan foydalanish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 24 martdagi 24-04/937-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Aloqabank”ning qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olgan daromadlari miqdori 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 73,8 foizga oshgan;
belgilangan stavkaga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar bo‘yicha sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlash (Ms.f=4,5%), lahzali likvidlilik koeffisenti bo‘yicha me’yoriy darajasiga (Kl.l=10,0%) erishish orqali banklarning yalpi daromadi tarkibida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olingan daromadlarning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 24 martdagi 24-04/937-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Aloqabank”ning foizli daromadlari hajmida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olingan foizli daromadlarning salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1,6 foizli punktga oshgan;
hissali ishtirok etish shaklidagi investisiyalardan olinadigan daromadlarning me’yoriy darajasiga erishish (Do.a=15%) va har bir xorijiy valyutadagi ochiq valyuta pozisiyasining yuqori me’yoriy darajasini ta’minlash yo‘li bilan (max 10,0%) foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2023 yil 24 martdagi 24-04/937-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Aloqabank”da operatsion xarajatlarga qadar sof daromadning miqdori 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 5,3 foizga oshgan.