Xasanova Zamiraxon Tolibjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesda maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish masalalari», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3647.
Ilmiy rahbar: Rashidov Raxmatullo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Israilova Dilfuza Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Isroil Usmanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznesda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maishiy xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kichik biznesda maishiy xizmat va uning rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni to‘liq va ishonchli tavsiflash, samarali tartibga solishda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi kichik biznes faoliyat ko‘rsatkichlarining o‘ziga hos jihati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyati maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan iste’molchilar bozor talabining sifat va muhimlilik darajasiga muvofiq xizmatlar tarkibini belgilovchi asosiy parametrlarini kasbiy (4,6 > Hkasb <0,1), hududiy (4,8 > Hhudud < 0,08), daromad (5,5 > Hdaromad <0,2) mezonlari bo‘yicha miqdoriy chegaralariga ko‘ra ta’minlash asoslangan;
Namangan viloyatida maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini tartibga solish, samarali tarmoq siyosatini amalga oshirish, kichik biznesda maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari reestrini yaratish, baholash va rivojlanish darajasini aniqlashni maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining yagona axborot markazini tashkil etish orqali takomillashtirish asoslangan;
Namangan viloyatida maishiy xizmatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik trend modellari asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznesda maishiy xizmat sohasini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maishiy xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kichik biznesda maishiy xizmat va uning rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni to‘liq va ishonchli tavsiflash, samarali tartibga solishda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi kichik biznes faoliyat ko‘rsatkichlarining o‘ziga hos jihati oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” nomli o‘quv qo‘llanmanini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi kichik biznes faoliyat ko‘rsatkichlarining o‘ziga hos jixatlarini o‘rganishning nazariy asoslari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan iste’molchilar bozor talabining sifat va muhimlilik darajasiga muvofiq xizmatlar tarkibini belgilovchi asosiy parametrlarini kasbiy (4,6 > Hkasb <0,1), hududiy (4,8 > Hhudud < 0,08), daromad (5,5 > Hdaromad <0,2) mezonlari bo‘yicha miqdoriy chegaralariga ko‘ra ta’minlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5 iyuldagi 9/04-25-11258-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida hududlardagi mashiy xizmat ko‘rsatish natijalarining aniqligini oshirish hamda ushbu sohani hududlar bo‘yicha rivojlantirib borish imkonini beradi;
Namangan viloyatida maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini tartibga solish, samarali tarmoq siyosatini amalga oshirish, kichik biznesda maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari reestrini yaratish, baholash va rivojlanish darajasini aniqlashni maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining yagona axborot markazini tashkil etish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5 iyuldagi 9/04-25-11258-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2021-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqishda foydalangan holda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va hududlarda maishiy xizmat sohasining iqtisodiy samaradorligini 12,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida maishiy xizmatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik trend modellari asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5 iyuldagi 9/04-25-11258-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda uzoq muddatli istiqbolda maishiy xizmatlar hajmi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.