Primkulov Bobur Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ o‘smalari bo‘lgan bemorlarda rekonstruktiv va kayta tiklovchi amaliyotlarni takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Xasanov Akbar Ibroximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori; Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi mahalliy titan plastinalari yordamida rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish orqali pastki jag‘ o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolash va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida jag‘ning qattimlash uchun mahalliy titan plastina ishlab chiqilgan (foydali modelga patent FAP 01630. 27.04.2020);
pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida qo‘llaniladigan mahalliy titan plastina amaliyotidan keyingi kutilgan kosmetik va funksional buzilishlarni tiklash orqali jag‘nining faoliyatini tiklash imkonini berganligi isbotlangan;
pastki jag‘ o‘smalari olib tashlangandan keyin titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining orostomasiz bitishini takomillashtirilgan;
pastki jag‘ o‘sma olib tashlangandan keyin funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida titan plastina yordamida uzluksizligini bir vaqtning o‘zida tiklash orqali hayot sifatini yaxshilash tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 10 maydagi hulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida foydalanish uchun mahalliy titan plastina ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (25.08.2021y.; №56/1) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining yuz- jag‘ jarrohligi bo‘limning faoliyati bo‘yicha (30.08.2021 y.; №83/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: birinchi marta pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida foydalanish uchun ishlab chiqarilgan mahalliy titan plastina orqali bemorlarni kosmetik va fiziologik holatini tiklash orqali hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida foydalanish uchun funksional xususiyatlariga ko‘ra importdan kam bo‘lmagan va tannarxi 5-15 baravar arzon xom ashyo yaratish orqali mahalliy titan plastina yordamida xastalikning asoratlarini oldini olish, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 3-5 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 109000 ming so‘m, umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida foydalanish uchun mahalliy titan plastina hisobiga o‘rtacha bir nafar bemorga o‘rtacha 3750000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 82500000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida qo‘llaniladigan yangi mahalliy titan plastina amaliyotidan keyingi kutilgan kosmetik va funksional buzilishlarni tiklash orqali jag‘nining faolyaitini tiklash imkonini berganligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (25.08.2021 y.; №56/1) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limning faoliyati bo‘yicha (30.08.2021 y.; №83/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida qo‘llaniladigan yangi mahalliy titan plastina amaliyotidan keyingi kutilgan funksional buzilishlarni tiklash orqali pastki jag‘nining faoliyati, chaynash, yutish va nutqini tiklash va ayollarda ruhiy siqilishlarni oldini olish orqali davolash taktikasini samardorligini ta’minlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibini ishlab chiqishga asos bo‘lishiga sharoit yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida qo‘llaniladigan yangi mahalliy titan plastina amaliyotidan keyingi kutilgan kosmetik va funksional buzilishlarni tiklash orqali 3-5 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 109000 ming so‘m, umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: pastki jag‘ ravog‘i o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning rekonstruktiv bosqichida qo‘llaniladigan yangi mahalliy titan plastina amaliyotidan keyingi kutilgan kosmetik va funksional buzilishlarni tiklash o‘rtacha bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 109000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 82500000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ o‘smalari olib tashlangandan keyin titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini tamilashi jaroxatni (asoratlarsiz orostomasiz) bitishini tezlashtirishi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (25.08.2021 y.; №56/1) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining yuz- jag‘ jarrohligi bo‘limning faoliyati bo‘yicha (30.08.2021 y.; №83/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalari olib tashlangandan keyin titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini tamilashi jaraoxatni asoratlarsiz orostomasiz bitishini tezlashtirishi bemorlarni davolash samaradorligi oshirish natijasida, organning chaynash va yutish faoliyatini oshirish, nutq faoliyatini tiklash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalari olib tashlangandan keyin titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini tamilashi jaraoxatni asoratlarsiz orostomasiz bitishini tezlashtirishi orqali davlat byudjetidan kuniga 109000 ming so‘m, umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: pastki jag‘ o‘smalari tashxislangan bemorlarda o‘sma olib tashlangandan keyin turli xil davolash usullarining qiyosiy tahlili, kuzatilishi mumkin bo‘lgan funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining faolyaitini tiklash natijasida bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 109000 so‘mni, umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ o‘smalari tashxislangan bemorlarda o‘sma olib tashlangandan keyin turli xil davolash usullarining qiyosiy tahlili, kuzatilishi mumkin bo‘lgan funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini bir vaqtning o‘zida tiklash orqali hayot sifatini yaxshilash tartibi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (25.08.2021 y.; №56/1) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining yuz- jag‘ jarrohligi bo‘limning faoliyati bo‘yicha (30.08.2021 y.; №83/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalari tashxislangan bemorlarda o‘sma olib tashlangandan keyin turli xil davolash usullarining qiyosiy tahlili, kuzatilishi mumkin bo‘lgan funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligi tiklash orqali, chaynash, yutish va nutqni shakllantirish, yuzning pastki joylarining deformatsiyasi va estetik nuqsonni qoplash imkonini berish orqali hayot sifatini yaxshilashga sharoit yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: pastki jag‘ o‘smalari tashxislangan bemorlarda o‘sma olib tashlangandan keyin turli xil davolash usullarining qiyosiy tahlili, kuzatilishi mumkin bo‘lgan funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini bir vaqtning o‘zida tiklash orqali hayot sifatini yaxshilash natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 3-5 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 109000 ming so‘m, umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: pastki jag‘ o‘smalari tashxislangan bemorlarda o‘sma olib tashlangandan keyin turli xil davolash usullarining qiyosiy tahlili, kuzatilishi mumkin bo‘lgan funksional va kosmetik buzilishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan titan plastina yordamida pastki jag‘ ravog‘ining uzluksizligini bir vaqtning o‘zida tiklash orqali hayot sifatini yaxshilash natijasida o‘rtacha bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 109000 so‘mni, umumiy umumiy 3750000 hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=22) 82500000 iqtisod qilish imkonini bergan.