Xasanov Normat Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)ni mikroklonal ko‘paytirish», 03.00.05 – Botanika, 03.00.12-Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B814.
Ilmiy rahbarlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Tashpulatov Yigitali Shavkatillavich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor; Xojimatov Olimjan Kaxxarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H.maracandicum in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish, ko‘chatlarini yetishtirish hamda ex vitro da o‘simlikning o‘sish-rivojlanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida H.maracandicum urug‘larini sterilizatsiyalash, maysalarining organogenez va rizogenez bosqichlari uchun ozuqa muhitlariga kiritilgan fitogormonlarning optimal ta’sir etuvchi nisbatlari aniqlangan;
eksplantlarni tashqi muhit omillari (tuproq, harorat, quyosh nuri) ta’siriga moslashish me’yorlari va muddatlari ishlab chiqilgan;
moslashtirilgan ko‘chatlarni ex vitro sharoitida o‘sish-rivojlanishi hamda vegetativ ko‘paytirish xususiyatlari ochib berilgan;
H.maracandicum ni plantatsiyalarda yetishtirish, xom ashyosini (to‘pguli, bargi) tayyorlash va mahsuldorligini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda fitokimyoviy tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)ni mikroklonal ko‘paytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
H.maracandicum urug‘larini in vitro sharoitida sterilizatsiyalashning optimal me’yorlari, eksplantlaridan mikroklonal ko‘paytirish, maysalarini tuplashi va ildizlashi uchun optimal ozuqa muhitlari, ko‘chatlarini tuproq, harorat va quyosh intensivligiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar Jizzax viloyati Baxmal davlat O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, H.maracandicum urug‘laridan o‘stirish, eksplantlaridan mikroklonal ko‘paytirish, maysalar yashovchanligini oshirish hamda tashqi muhit omillariga chiniqtirish me’yorlari va muddatlarini belgilash imkonini bergan;
in vitro sharoitida yetishtirilgan ko‘chatlarni plantatsiyaga ekish muddatlari va sxemalarini tanlash, o‘sishi-rivojlanishi xususiyatlarini kuzatish hamda farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beruvchi organlarining biometrik ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar aks etgan tavsiyalar Jizzax viloyati Baxmal davlat O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashkil etilgan 0,22 gektar plantatsiyada o‘simliklarni optimal ekish muddatlari va sxemasini belgilash, hamda xom ashyosini yig‘ish muddatlarini aniqlash imkonini bergan;
H.maracandicum ni plantatsiyada yetishtirilgan xom ashyo biomassasi ko‘rsatkichlarini aniqlash, mahsuldorligini belgilash hamda tayyorlangan xom ashyoning fitokimyoviy tarkibiga oid ma’lumotlar Jizzax viloyati Baxmal davlat O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalarning optimal miqdori to‘plagan muddatini aniqlash hamda farmatsevtika uchun sifatli xom ashyo tayyorlash imkonini bergan.