Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslaxatchi: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, akademik; Xasanov Adxam Ibraximovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari nutqning rivojlanganlik dinamikasi, yumshoq tanglayning etarli darajada uzayganligi, tanglay-halqumning anatomik-funksional xususiyatlari tiklanganligi, nuqsonning tuzilishi, tanlangan jarrohlik usullari va muddatlariga bog‘liqlik holatini simptomatik-etiopatogenetik tahlil qilish hamda klinik manzarasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, biologik-irsiy omillarning murakkab nisbatini tadrijiy kuzatish asosida aniqlashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish natijadorligi bolalar nutqini jarrohlikdan keyin manzilli tekshirish instrumentariysi (apparati) yoshga doir anatomik-funksional, ortodontik, konstitusional struktura xususiyatlari, gipernazallik, polimorf artikulyasiya kamchiliklari, nafas va ovoz funksiyalaridagi etishmovchiliklarga nisbatan sistemogenez, erta aralashuv, kompleks yondashuvlar mazmunini ta’limiy maqsadlar natijadorligiga adaptiv moslashtirishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo’lgan bolalar bilan korreksion-logopedik ishni tashkil etish jarayoni dastlabki hamda asosiy bosqich tuzilmalari mutaxassis – ota-ona – bola uchligidagi eng yaqin ijtimoiy qurshov sa’y-harakatlarini integratsiyalash, qayta aloqa, kompensator imkoniyatlarining shakllanishi uchun zarur modifikatsion ta’lim muhiti, individual kompleks ta’limni tashkil etish, nutqiy ko’nikmalarni ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish texnologiyalari nazariy, amaliy, trening, maslahat, profilaktika sahifa kontentlari orqali onlayn ma’lumot, maslahat olish imkoniyatini hamda erta (re)abilitatsiya, operatsiyadan oldingi va keyingi logopedik ishlar, ota-onalar bilan ishlash, maxsus treninglar, mahorat mashg‘ulotlarining uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirishga qaratilgan logopedik ta’sir samaradorligi majmuaviylik, o’z vaqtida amalga oshirish, davriylik, izchillik tamoyillarini o’zida aks ettirgan profilaktik logopedik yordam ko’rsatish, ota-onalarning tibbiy-pedagogik savodxonligi va logopedning bola hamda uning ota-onasi bilan ishlashdagi nazariy-metodologik, amaliy, subektiv-faoliyat darajasi, kompleks yordam ko’rsatishda mutaxassislarning o’zaro kollaboratsiya va konsinusi jarayonining yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo’lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari nutqning rivojlanganlik dinamikasi, yumshoq tanglayning etarli darajada uzayganligi, tanglay-halqumning anatomik-funksional xususiyatlari tiklanganligi, nuqsonning tuzilishi, tanlangan jarrohlik usullari va muddatlariga bog‘liqlik holatini simptomatik-etiopatogenetik tahlil qilish hamda klinik manzarasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, biologik-irsiy omillarning murakkab nisbatini tadrijiy kuzatish asosida aniqlashtirashga oid takliflar “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiktlarida logopedik reabilitatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3-son qarori asosida berilgan 2023/196U-57-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning fanga doir bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish natijadorligi bolalar nutqini jarrohlikdan keyin manzilli tekshirish instrumentariysi (apparati) yoshga doir anatomik-funksional, ortodontik, konstitusional struktura xususiyatlari, gipernazallik, polimorf artikulyasiya kamchiliklari, nafas va ovoz funksiyalaridagi etishmovchiliklarga nisbatan sistemogenez, erta aralashuv, kompleks yondashuvlar mazmunini ta’limiy maqsadlar natijadorligiga adaptiv moslashtirishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiktlarida logopedik reabilitatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3- son qarori asosida berilgan 2023/196U-57-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yuqoridagi darslik ko’p tarmoqli, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nutq markazlarida logopedlar tomonidan bolalar nutq kamchiliklarini aniqlash, to’g‘ri tashxis qo’yish hamda korreksion-logopedik ish sifatining oshirilishiga xizmat qilgan;
kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo’lgan bolalar bilan korreksion-logopedik ishni tashkil etish jarayoni dastlabki hamda asosiy bosqich tuzilmalari mutaxassis – ota-ona – bola uchligidagi eng yaqin ijtimoiy qurshov sa’y-harakatlarini integratsiyalash, qayta aloqa, kompensator imkoniyatlarining shakllanishi uchun zarur modifikatsion ta’lim muhiti, individual kompleks ta’limni tashkil etish, nutqiy ko’nikmalarni ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiktlarida logopedik reabilitatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3-son qarori asosida berilgan 2023/196U-57-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompleks yondashuv asosida ko’p pog‘onali (re)abilitatsiya jarayonini samarali tashkil qilishga erishilgan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish texnologiyalari nazariy, amaliy, trening, maslahat, profilaktika sahifa kontentlari orqali onlayn ma’lumot, maslahat olish imkoniyatini hamda erta (re)abilitatsiya, operatsiyadan oldingi va keyingi logopedik ishlar, ota-onalar bilan ishlash, maxsus treninglar, mahorat mashg‘ulotlarining uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiktlarida logopedik reabilitatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3-son qarori asosida berilgan 2023/196U-57-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-didaktik aspektlari takomillashtirilgan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirishga qaratilgan logopedik ta’sir samaradorligi majmuaviylik, o’z vaqtida amalga oshirish, davriylik, izchillik tamoyillarini o’zida aks ettirgan profilaktik logopedik yordam ko’rsatish, ota-onalarning tibbiy-pedagogik savodxonligi va logopedning bola hamda uning ota-onasi bilan ishlashdagi nazariy-metodologik, amaliy, subektiv-faoliyat darajasi, kompleks yordam ko’rsatishda mutaxassislarning o’zaro kollaboratsiya va konsinusi jarayonining yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiktlarida logopedik reabilitatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3-son qarori asosida berilgan 2023/196U-57-son raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtikligi bo’lgan bolalar bilan korreksion-logopedik, (re)abilitatsion ishlarni tashkil qilish hamda ikkilamchi buzilishlarning oldini olish, nazalizatsiyani bartaraf qilishga erishilgan.