Sharipova Shoxsanam Shuxrat qizining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pekin karam (Brassica rapa subsp. pekinensis. L) turining yangi serhosil, mahalliy navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx963.
Ilmiy rahbar: Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: pekin karamining “Mezon” navi (№ NAP 00397).
II. Tadqiqotning maqsadi: pekin karamining jahon kolleksiyasidan foydalangan holda respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, serhosil, ertapishar pekin karamining yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pekin karamning 35 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilar majmui bo‘yicha o‘rganilgan hamda olingan natijalar tahlil etilib, ma’lumotlar asosida axborot bazasi yaratilgan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan pekin karam nav namunalarining ertapisharligi, hosildorligi va tovarbopligi bo‘yicha boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
pekin karamning hosildorligi yuqori, ertapishar va eksportbop yangi “Mezon” navi yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga NAP 00397 raqamli patent olingan;
yangi yaratilgan “Mezon” navining andoza Xibinskaya naviga nisbatan o‘suv davri 12 kunga qisqaligi, umumiy hosildorligi 21,5 t/ga ga va tovarbop hosil miqdori 43,8 % ga, rentabellik darajasi 96 % ga yuqori ekanligi aniqlangan;
yangi yaratilgan “Mezon” navining biokimyoviy tarkibi o‘rganilib, andoza Xibinskaya naviga nisbatan quruq modda 0,5 % ga, oqsil 0,6 % ga, qand 0,7 % ga, askorbin kislota 13,3 mg ga yuqoriligi va nitrat miqdori esa aksincha 8,2 mg ga kamligi aniqlangan hamda organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha 99 ball bilan baholangan;
yangi yaratilgan Mezon navining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan va navdorligi yuqori original urug‘lari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pekin karamning jahon genofondini kompleks o‘rganish asosida morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pekin karamning ertapishar, hosildorligi yuqori va eksportbop yangi “Mezon” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 00397) berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9331-son ma’lumotnomasi). Ushbu nav 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan;
pekin karamning “Mezon” navi 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatining Qibray tumanida 0,94 ga, Samarqand viloyatining Urgut tumanida 0,5 ga, Andijon viloyatining Asaka va Oltinko‘l tumanlarida 0,73 ga hamda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 0,18 ga, jami 2,35 ga maydonda ertaki va takroriy ekin sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9331-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 41,4 tonna hosil va 37,8 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan:
pekin karamning “Mezon” navini fermer xo‘jaliklarida etishtirishda ertapisharliligi, serhosilligi, tovarbop hosil miqdori va biokimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9331-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navda andoza “Xibinskaya” naviga nisbatan 38,8 % yuqori hosildorlikka va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.