Boboqulova Oyjamol Saidovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning rindona gʻazallari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1041.
Ilmiy rahbar: Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik;  Davlatov Olim Davlatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Navoiyning rindona g‘azallarida rind va rindlikning tasvir va talqin darajasini belgilash, g‘oya, obraz va ifoda uyg‘unligini ilmiy nuqtayi nazardan yoritish, rindona g‘azallar poetikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rind va u bilan bog‘liq tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan va ularning etimologiyasi aniqlanib, badiiy talqinlardagi tadrijiy takomili ishonchli ilmiy-nazariy asarlar, turkiy va forsiy tillardagi adabiy manbalar asosida dalillangan;
 Alisher Navoiy talqinidagi rind obrazining adabiy-estetik hodisa sifatidagi hamda estetik ideal kabi masalalar bilan bog‘liq xususiyatlari XV asrga qadar yaratilgan forsiy va turkiy tildagi she’riyat, Navoiyning rindona g‘azallari misolida asoslangan;
rindona turkumdagi g‘azallarning qofiya va vazn imkoniyatlari aniqlanib, rindona mavzu va g‘oyalarga xos original jihatlar ma’no, timsol va badiiy san’atlar uyg‘unligida ochib berilgan;
Alisher Navoiy rindona g‘azallarida aks etgan rindona tafakkur tarzi, g‘oya va poetik talqinlarning Haqni tanish, haqiqatni anglash, hurfikrlilik, mohiyat sari intilish kabi masalalarga qaratilganligiga ko‘ra inson ma’naviy kamolotiga ta’siri  isbotlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning rindona  g‘azallari poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rind va u bilan bog‘liq tushunchalarning mazmun-mohiyati, etimologiyasi va badiiy talqinlardagi tadrijiy takomiliga   hamda rindona g‘azallardagi estetik ideal kabi masalalar bilan bog‘liq xususiyatlari XV asrga qadar yaratilgan forsiy va turkiy tildagi she’riyat, Navoiyning rindona g‘azallari misolida asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarda bajarilgan “OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-martdagi 01/4-477-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Alisher Navoiy rindona g‘zallari poetikasiga oid yangi ma’lumotlar, manbalar, shuningdek, ilmiy asoslangan kuzatish va qarashlar bilan boyitilgan;
rindona turkumdagi g‘azallarning qofiya va vazn imkoniyatlari, rindona mavzu va g‘oyalarga xos original jihatlar ma’no, timsol va badiiy san’atlar uyg‘unligi, Alisher Navoiy rindona g‘azallarida aks etgan rindona tafakkur tarzi, g‘oya va poetik talqinlarning Haqni tanish, haqiqatni anglash, hurfikrlilik, mohiyat sari intilish kabi masalalarga qaratilganligiga ko‘ra inson ma’naviy kamolotiga ta’siri masalasiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018–2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926459 raqamli Navoiyshunoslik tarixi (XX–XXI asrlar)”  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-martdagi 01/1-486-son ma’lumotnomasi).  Natijada navoiyshunoslikdagi mazkur masalaga aloqador manbalar, ilmiy tadqiqotlar – maqola, dissertatsiya, monografiya va risolalarni izlab topish, o‘rganib chiqish, tavsiflash va tasniflash uchun muayyan darajada  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish